N. M. Kayumova


o'rganishga qo'l urm aydi” Bolalar, shuningdek, jam oaviy ishlashga



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

137


o'rganishga qo'l urm aydi” Bolalar, shuningdek, jam oaviy ishlashga
o'rganishi kerak. Sportga ishqibozlik m aktabgacha ta'lim da oddiy
bir o'yin ichida ham zaru r bo'lgan eng asosiy negiz hisoblanadi
deydi Amy Kaiser. Bolalar ushbu yoshida juft va kichik guruhlarga
bo'linib o'ynashni va boshqalarni baholay olishni o'rganadi deb
qo'shimcha qiladi Kaiser.
BSc Computer Science Go to hw.ac.uk/dubai Amv Kaiser 2 0 1 5
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy
tarbiyalash mazmuni va vazifalari
Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar maj- 
mui o'rganadi, ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va ular 
izdoshlarining organizm va muhit birligi, organizmning yax- 
litligi va uning hayoti у faoliyatida markaziy asab sistemasin- 
ing tartibga soluvchilik roli haqidagi ta’limoti tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar organizmining o'ziga 
xos tomoni shundaki, u juda tez o'sadi va rivojlanadi. Shu bilan 
birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi 
hali tugallanmagan bo'ladi, shunga ko'ra u tez jarohatlanadi. 
Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagi­
lar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:
Sog'lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog'lig'ini mustah- 
kamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg'un rivoj­
lantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta'sirlarga chi- 
damliligini kuchaytirish, uzoq umr ko'rishini ta’minlash.
138


Ta'limiy vazifalar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga 
xos bo'lgan o'ta qabul qiluvchanlikni, sharoitning o'zgarishiga 
yengil moslashish qobiliyati bir qator ta'limiy vazifalarni amal­
ga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli ko'nikma 
va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, 
kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, 
ko'z bilan chamalash)ni o'stirish, to'g'ri qaddi - qomat, gigiye­
na ko'nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilim­
larni o'zlashtirish.
Boladagi harakat ko'nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, 
velosipedda uchish va h.k) nisbatan yengil shakllanadi va ular 
bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada 
uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari 
bilan tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarini egal- 
lash bilan bog'liq bo'lgan dastlabki bilimlar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga mashg'ulotlarning 
foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni 
o'tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o'yinlar va hokazolar 
haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo'nalishini 
(yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o'ngga, chapga), to'la ayla- 
nish, fizkultura asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatili- 
shi, ularni asrash va tutish, kiyim - kechak va poyabzalga qa- 
rash qoidasini bilishlari kerak.
Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida bolada ta­
biat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar 
haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur.
Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg'ulotlariga mu- 
habbatni, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash 
lozim.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususi­
yatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko'ngilchanlik va 
hokazo) va axloqiy fazilatlar (halollik, haqqoniylik, o'rtoqlik 
hissi, o'zaro yordam), jamoada shug'ullanish malakasi, fizkul­
tura asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan ba-
139


jarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botir- 
lik, qat'iylik, o'z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda 
sabotlilik, chidamlilik va boshqalar)ni namoyish qilish uchun 
juda qulay sharoit yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazi- 
falarini hal etishda ularning yosh xususiyatlari hisobga olina­
di. Jadal o'sish va rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola orga- 
nizmining o'ziga xos xususiyatidir.
Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi hali 
tugallanmagan bo'Iadi. Shuning uchun maktabgacha yosh­
dagi bola juda nozik bo'Iadi. Shu munosabat bilan quyidagi 
sog'lomlashtirish vazifalari birinchi o'ringa qo'yiladi:
1} hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib 
borish, organizmning tashqi muhit ta'siriga qarshiligini oshi­
rish;
2) organizmning barcha sistemalarini to'g'ri va o'z vaqtida 
rivojlantirish, ularning funksional imkoniyatlarini kengayti­
rish, to'g'ri qaddi - qomatni uyg'un jismoniy rivojlantirish.
Bolalar organizmining nomukammalligi, nozikligi bilan 
birga unga qudratli rivojlanishni ta'minlovchi xususiyatlar 
ham xosdir. Bu barcha to'qimalarning juda egiluvchanligi, tez- 
korligi, modda almashinuvi jarayonlarining jadalligidir. Uning 
juda katta moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir. Bo­
la sharoitlarning o'zgarishiga, jismoniy zo'riqishga kattalar- 
ga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U o'ziga 
tushunarli bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga idroki baland 
bo'Iadi, bu esa bir qancha ta'limiy vazifalarni hal etish imkoni- 
ni beradi:

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin