N. M. Kayumova


Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

157


Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dast- 
lab muomalada bo'lish, narsalar bilan bajariladigan faoli­
yat natijasida keyin esa o'quv mehnat, samarali faoliyatlar ja­
rayonida [rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi 
zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o'zlashtirib olish, 
ularni jamg'arish, ijodiy tafakkurni rivojiantirish hamda yan­
gi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo'lgan bilish faoliyati usul­
larini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari 
hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil 
etilishiga qarab belgilanadi.
Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalari- 
ni samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan 
to'g'ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy 
charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha zo'riqish 
bo'lmasligi yo'llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim yoshda­
gi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini 
o'rganish bilan shug'ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqi- 
qotlarning natijalari Maktabgacha ta'lim yoshi davrida bolalar­
ning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini 
ko'rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta'lim yoshidagi 
bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarini yanada 
chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha taTim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak 
atrof to'g'risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushun- 
chalarga ega bo'lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egal­
lab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va 
muhim bo'lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba'zi bir sabab 
natijali bog'lanishlarni bilib oladigan bo'lib qoladilar. Ularda 
o'quv faoliyatining dastlabki ko'rsatkichlari shakllanadi. Shu­
ning uchun bog'cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta 
ahamiyatga ega.
158


Maktabgacha ta'lim yoshining dastlabki bosqichlarida bo­
lalarda tasavvur ta'limi bo'Iadi. Hayotiy tajribaning ortib bo­
rishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib to­
padi. Kichik Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar uchun 
ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali obrazli tafakkur xosdir. 
Buning asosida so'z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur 
rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur 
faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur 
anglab olish, ularni muhim bo'lgan va muhim bo'lmagan to- 
monlarini ajratishga o'rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak- 
atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish 
bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan 
tomdsha qilishni ktizatishda namoyon bo'Iadi. Tarbiyachi ku­
zatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'z 
vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil 
javob qidirishga yo'llab, Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar­
da qiziquvchanlikning susayishiga yo'l qo'ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular 
aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga 
qiziqish hosil qilishdan iborat.
Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivoj­
lantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayoni­
da namoyon bo'Iadi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati 
aqlining ziyraklik - fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qa­
rash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mum­
kin. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya'ni eng od- 
diy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim 
va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa pred- 
metlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Mak­
tabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazi- 
falaridan biridir. Bu ko'nikma va malakalar bilish faoliyatining 
tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyat­
li egallab olishga yordam beradi. Masalan: o'simliklar va hay­
vonlar bilan tanishtirish bo'yicha sistemali mashg'ulotlar olib
159


borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o'simliklar yoki hay- 
vonlar to'g'risida ma'lum bir tasavvurga ega bo'ladilar.
So'ngra bolalardagi aqliy-ko'nikma va malakalarni rivoj­
lantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi 
mashg'ulotlarni o'tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta 
o'simligini, momaqaymoq o'simligi bilan solishtirish», «Qafas- 
dagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o'yini va 
shunga o'xshash tadbirlar o'tkazish. Eng muhimi shundaki, bo­
lalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan 
aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o'rgatish 
zarur.
Ilk va bog'cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga 
bo'lgan qiziqish juda tez o'sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivoj- 
lanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bo­
laning qiziquvchanligini, bilishga bo'lgan har qanday xohishini 
sezishlari va rag'batlantirib borishlari kerak.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin