36
2. Mehnat unumdorligining vaqtni tejash qonuniga aloqadorligini
izohlang?
3. Ishlab chiqarish omillari qanday usullar bilan birikadi?
4. Takror ishlab chiqarishning qanday turlari mavjud?
5. Hozirgi yoshlarda ingliz tilini o‗rganishga ehtiyoj katta va bu ehti-
yoj o‗sib bormoqda. Yoshlar hatto pul to‗lab bo‗lsa ham mazkur ehti-
yojni qondirishga intiladilar. Shu hodisaning sabablarini mustaqil sharh-
lab ko‗ring.
6. O‗zbekistonda olib borilgan xususiylashtirishning o‗ziga xos xusu-
siyatlari nimadan iborat?
7. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan qanday
farqlanadi?
8. Nima uchun bozor iqtisodiyotiining asosini turli shakldagi mulk
tashkil etadi?
9. Mulkga egalik qilishdagi yuridik va iqtisodiy munosabatlar nimani
ifodalaydi?
10. Mulk egasi, unga egalik qilish huquqini kimga topshirishi mum-
kin?
11. Natural xo‗jalikning yemirilish sabablari?
12. Tovar xo‗jaligining vujudga kelish sabablari nimalardan iborat?
13. Qanday sharoitda ish kuchi tovar hisoblanadi?
14. Tovarning qiymatiga qanday omillar ta‘sir etadi?
15. Iste‘mol va mahsulotlarning nafliligi vaqt o‗tishi bilan o‗zgaradimi?
16. Qanday holda almashish barter shaklida amalga oshadi?
17. Ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‗r-
tasida o‗zaro aloqadorlik qanday namoyon bo‗ladi?
18. Naflilik shartli ravishda qanday ko‗rsatkichda ifodalanadi?
Dostları ilə paylaş: