O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Agrosanoat birlashmalari 
bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi 
va unga bog‗liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi bir 
necha xo‗jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. 
Agrosanoat kombinatlari
qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirish, 
qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik 
jarayonga xizmat qiluvchi xo‗jalik va korxonalarning ma‘lum bir 
hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko‗ngilli va paychilik 
mablag‗lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham 
kiritish mumkin. 
Ishlab chiqarish xarajatlari 
deganda tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va iste‘molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha 
sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xomashyo, 
asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‗i va energiya uchun qilingan 
xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‗urtaga 
ajratmalari, foiz to‗lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga 
qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini 
tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‗lib o‗rganish mumkin: 
bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Tovar 
birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini 
tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda 
miqdoriga kam bo‗ladi. 
Muomala xarajatlari 
tushunchasi tovarlarni 
sotish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan 
olib, iste‘molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki 
guruhga bo‗linadi: qo‗shimcha muomala xarajatlari va sof muomala 
xarajatlari. Tovarlarni o‗rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, 
tashish va saqlash xarajatlari qo‗shimcha
muomala xarajatlari 
hisoblanadi.
 
Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish 
xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning 
qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul 
tushumi summasidan qoplanadi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin