Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

METODIK KO‘RSATMALAR
Kursni ishlab chiqishga metodologik yondashuv quyidagi tamoyillarni 
o‘z ichiga oladi: 

kurs kun tartibi mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy 
masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarini oila psixologiyasi bo‘yicha seminar-trening 
orqali zarur bilimlar bilan qurollantiradi; 

kurs kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ijtimoiylashuv g‘oyasini 
ilgari suradi; 

majmua mahalla va oila tizimida yangi innovatsion g‘oyalarni joylarda 
tizim mahalliy strukturalari orqali joriy qilinishi uchun xizmat qiladi. 
O‘quv-uslubiy majmyada psixologik mashqlar olib borish metodikasi 
chuqur tushuntirilgan bo‘lib, faoliyati uchun barcha zarur elementlarni o‘zida 
aks ettiradi. Har bir mavzuning yoritilishi jarayoni tegishli o‘quv metodik 
yo‘riqnomalarga ega. Yo‘riqnomlarda quyidagilar inobatga olingan: 

mashqlarni bajarish uchun talab etiladigan vaqt; 

trening jarayonida foydalaniladigan materiallar (ushbu metodik 
qo‘llanmaga qo‘shimcha ravishda); 

o‘qitish shakli (hamkorlikda ishlash, guruhda ishlash, juftlikda ishlash
yakka tartibda ishlash va b.). 
Xotin-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari inson omili bilan 
bog‘liq bo‘lib, ularning hayot murakkabliklariga nisbatan ma’naviy, ruhiy, 
psixologik va moddiy tayyorligini nazarda tutadi. Shu bilan birga, muloqot 
qoidalari, oilada e’tiqod, burch, adolatparvarlik mezonlari, shukur, sabr va 
qanoat, sadoqat va vafo, kamtarlik kabi o‘nlab dolzarb masalalarni o‘z 
mazmuniga qamrab oladi. 
Mazkur o‘quv kursi, respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib 
borayotgan mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy 
masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarini oila psixologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘z 
faoliyatlarida hozirgi davrning amaliy psixologiyasi erishgan yutuqlar, aholiga 
psixologik xizmat ko‘rsatishda zamonaviy yondashish, yangi g‘oya-


8
ta’limotlarni kundalik hayotga tatbiq etish, sohadagi yangiliklar, o‘quv-me’yoriy 
hujjatlar, yangi metodik qo‘llanma va tavsiyalar, adabiyotlar bilan 
tanishtirishga, egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini 
kelgusida amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltiradi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin