O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


 – BOB. TEXNOLOGIK TASHISH MASHINALARIDAN



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Кщнвейр лента узб 2

17 – BOB. TEXNOLOGIK TASHISH MASHINALARIDAN 
FOYDALANISH ASOSLARI 
17.1. Mashinalardan texnik foydalanish tushunchasi 
Ishlab chiqarish sohalarida uzluksiz yuk tashish mashinalari
yuklagichlar, o’zi yurar qurilish kranlari, maxsus transport mashinalari 
va boshqa mexanizatsiyalashgan qurilish-montaj uskunalaridan iborat 
katta mashinalar parkidan foydalaniladi. 
Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish 
sohasidagi texnika taraqqiyoti mashinalar quvvatini oshirdi va tuzilishini 
takomillashtirish, ko’pgina mashinalarda hajmiy gidrouzatmalarni 
qo’llash, ularni boshqarishning avtomatlashtirish va gidrofikatsiyalash, 
elektron va mikroprotsessorlarni qo’llash, amalda qo’llanilayotgan bir 
kovshli ekskavatorlar bazasida manipulyatorlarni tashkil qilish kabi 
katta o’zgarishlarga olib keldi. Mavjud mashinalar parki va ularning 
texnik 
darajasi 
ishlab 
chiqarishning 
barcha 
bosqichlarini 
mexanizatsiyalash qurilishning intensiv rivojlanishiga, ishlab chiqarish 
unumdorligini oshishiga, mehnat va material resurslarini tejashga imkon 
beradi. 
Mashinalar 
tuzilishining 
murakkablashuvi 
va 
qurilish 
mashinalaridan foydalanishning o’sishi, mashinalar sifatini doimo 
yaxshilash yoki ularni uzoq vaqt kam mablag’ sarflab yuqori 
unumdorlikka ishlatish bilan bog’liq. 
Bu 
vazifalar 
mashinalardan 
texnik 
va 
ishlab 
chiqarish 
maqsadlarida foydalanishga oid bo’lgan tadbirlar yig’indisi bilan hal 
qilinadi. Mashinalardan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish 
deganda, mashinalar turini tanlash, ularni joylashtirish va kompleks 
mexanizatsiyalashning texnologik sxemalarini aniqlash tushuniladi. 
Texnik foydalanish – bu mashinalardan foydalanishda ularning sifatini 
ta’minlash, mashinalarni qabul qilish, topshirish, sinash, montaj va 
demontaj, transportirovka qilish, saqlash va saqlashga tayyorlash, texnik 
qarov va ta’mirlash, zaruriy materiallar va ehtiyot qismlar bilan 
ta’minlash va boshqa tadbirlardan iborat butun bir tuzilmadir. 
Yangi mashinalar ta’mirlash yoki tiklashdan keyin, shuningdek, 
mashinalar bir tashkilotdan boshqa tashkilotga o’tkazilganda maxsus 
tekshiruv orqali qabul qilinadi. Mashinalarni qabul qilayotganda 
quyidagilar tekshiriladi: mashinaning maxsus hujjatlari-pasporti, undan 
foydalanish bo’yicha tavsiyalar va texnik tushuntirish yozuvi
hujjatlashtirilgan kitoblari (Davlat nazorati organlari nazoratidagi 


215 
mashinalar uchun), ularda mashinalarning ishlagan mashina-soati, 
o’tkazilgan texnik qarov va ta’mirlashning vaqti va turi, mashinalarning 
komplektligi, ehtiyot qismlar va asboblar, mashinalarning texnik holati 
yozilgan bo’ladi. Mashinalarning texnik holati ularning salt yurish, 
yuksiz va yuk bilan yurishda sinab ko’rish bilan aniqlanadi. Davlat 
nazorati talablari tadbiq qilinadigan mashinalar foydalanishga qabul 
qilish va topshirishda statik va dinamik sinash bilan birga to’la texnik 
ko’rikdan o’tkaziladi. 
Yangi 
va 
kapital 
ta’mirlashdan chiqarilgan mashinalar 
foydalanishga topshirilishidan oldin dastlabki sinov (obkatka) dan 
o’tkaziladi. Sinash vaqtida detallar ma’lum darajada yeyiladi. Sinash 
rejimi shu mashinani tayyorlagan zavod tomonidan aniqlanadi. Sinov 
dastlabki paytda salt yurish holida, keyin esa ta’sir etuvchi yukni asta – 
sekin ko’paytirib olib boriladi. Sinovning oxirgi bosqichida mashinadan 
20...25 soat mobaynida yengil rejimda foydalaniladi. Sinov tugagandan 
so’ng hamma mahkamlash, nazorat va sozlash ishlari olib boriladi
aniqlangan nosozliklar tuzatiladi, moy va boshqa suyuqliklar 
almashtiriladi. Mashinalarning foydalanishga topshirilishi haqida 
ularning pasportiga tegishli tartibda yozib qo’yiladi. 
Foydalanishda bo’lgan har bir mashina ish smenasi so’ngida 
topshiriladi va qabul qilib olinadi, bunda mashina moylanadi, salt va yuk 
ostidagi harakati, tormozlar ishi, boshqarish va xavfsizlik uskunalari 
tekshiriladi. Aniqlangan kamchiliklar tuzatiladi va bu haqida maxsus 
daftarga yoziladi. 
Maxsus sharoitlarda va foydalanish rejimlarida mashinalarning 
butun bir muddat davomida ishga yaroqliligini ta’minlash maqsadida 
o’tkaziladigan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi, mashinalarni 
ta’mirlash va texnik qarovning rejali-ogohlantiruvchi sistemasi (ROS) 
deyiladi. Bu tadbirlar shuning uchun ham rejali deyiladiki, chunki 
hamma 
tadbirlar 
oldindan 
rejalashtiriladi, 
shu 
bilan 
birga 
ogohlantiruvchiki, bu tadbirlar profilaktik xarakterga ega, ya’ni bu 
tadbirlar mashina detallarini to’satdan yoki vaqtidan oldin ishdan 
chiqishining oldi olinadi. Bu sistema, foydalanishda bo’lgan har bir 
mashina uchun tegishli texnik qarov yoki ta’mirlashni berilgan ketma-
ketlik va davriylik asosida majburiy rejalashtirishga va o’tkazishga 
asoslangan. Texnik qarov yoki ta’mirlashning davriyligi mashinalarning 
ishlagan 
soatiga 
qarab 
belgilanadi. 
Mashinaning 
foydalana 
boshlaganidan boshlab birinchi kapital ta’mirlashgacha bo’lgan ish soati 
ta’mirlash orasidagi davr deyiladi, mashinalarning bir nomdagi texnik 


216 
xizmatlar va ta’mirlashlar orasidagi ish soatlari texnik xizmat ko’rsatish 
va ta’mirlashning davriyligi deyiladi. 
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning ROS texnik xizmat 
ko’rsatish (TXK), joriy (T) va kapital ta’mirlash (K) dan iborat. 
Texnologik tashish mashinalariga texnik xizmat ko’rsatish va 
ta’mirlashga oid qo’llanmalarda texnik xizmat ko’rsatish va 
ta’mirlashning davriylik normalari, miqdorlari, ularning o’rtacha mehnat 
sarflari va davomiyligi belgilangan bo’ladi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin