5.9-rasm. Gusenitsali va g’ildirakli traktorlar. a) dvigateli oldinda joylashgan gusenitsali traktor; b) dvigateli orqada joylashgan gusenitsali traktor; v) oldi boshqariluvli g’ildirakli traktor; g) sharnir-ramali g’ildirakli traktor. Traktorlarning asosiy qismlariga: dvigatel, rama, kuch uzatmasi,
yurish qismi va boshqarish mexanizmi kiradi. Gidravlik boshqariladigan
traktorlarda boshqarish tizimi gidrotsilindrlar yordamida amalga
oshiriladi.
5.10-rasm,
a da zanjirli traktorning kinematik sxemasi ko’rsatilgan.
Dvigatel 1 dan friktsion diskli mufta 2 orqali tezliklar kutisi 3 ga
burovchi moment uzatiladi. Harakat kardanli val 5, asosiy uzatma 6,
bortga o’rnatilgan ko’p diskli friktsion uzatma 7 orqali bortdagi yuritma
9 ga o’tadi. Harakatni to’xtatish uchun tasmali to’xtatgich 8 xizmat
qiladi. Bortdagi yuritma yetakchi yulduzcha 10 bilan bog’langan. Zanjir
ramasi 4 yetaklanuvchi yulduzchaga 11 zanjir mexanizmi bilan
o’rnatilgan. Bortdagi yuritma yetakchi yulduzchaning aylanuvchi
momentini oshirib beradi.
Bortdagi ko’p diskli friktsion uzatmalar traktorning to’g’ri chiziqli
yurishini ta’minlaydi.
Traktorning burilishi uchun bir tomondagi diskli uzatmaning va bir
vaqtda tasmali to’xtatgichning to’xtatilishi kifoya.
G’ildirakli traktorning tuzilishi 5.10-rasm,
b da ko’rsatilgan.
Traktorning asosiy qismlari: dvigatel 1, friktsion mufta 2, kardan val 3,
tezliklar kutisi 4, asosiy uzatma 5, bortdagi friktsion uzatma 6, tasmali
to’xtagich 7, bortdagi yuritma 8 va pnevmog’ildirak 9 dan iborat.