61
baraban orasidagi ishqalanish kuchini oshirish
uchun lentaning salt
yurish tarmog’iga taranglash qurilmasi
5
o’rnatilgan.
Tortish kuchini oshirish uchun lenta bilan uzatuvchi baraban
ilashish burchagini oshiradigan sozlovchi baraban
7
o’rnatilgan.
Mashinaning ustki yuk tashish qismida lenta bilan yukni ko’tarib turish
uchun
tayanch roliklar
5
va pastki qismida ushlab turuvchi roliklar
6
o’rnatilgan, tashiladigan yuklarni yuklovchi qurilma mashinaning
yuklash qismiga o’rnatilgan.
Lentaning ish sirtiga yopishgan zarralardan
tozalab turish uchun
unga rezina (kurak) qirgich yoki sintetik materiallardan taroq qo’yiladi.
Yuk transportlovchi mashinasi to’xtaganda yukli lenta o’z-o’zidan
orqaga harakatlanmasligi uchun uzatma baraban valida to’xtatuvchi
qurilma o’rnatilgan.
To’g’ri yuzaga to’qilgan material konussimon shakl hosil qiladi,
bu tinch holatdagi materialning og’ish burchagi hisoblanadi. Agar
material harakatlanayotgan sirtga joylashtirilsa,
u holda silkinish va
tebranishlar natijasida material yeyiladi va burchak kichrayadi.
Materialning lentaga ishqalanish koeffisienti bunkerlar, novlar, lentalar
devorlarining og’ish burchagiga qarab olinadi.
Ishqalanish koeffisienti
f=tg
, bunda
-ishqalanish burchagi.
Lentali qo’zg’aluvchan konveyerlar (6.2-rasm) pnevmog’ildirakli
shassiga ega bo’lib, tarqoq holdagi kichik hajmli ishlarni bajarishda
qo’llaniladi, u quyidagi asosiy qismlar: rama
6
, g’ildiraklar
10
, lenta
4
,
yurituvchi motor-baraban
7
, taranglovchi baraban
1
, lentaning ish va salt
shahobchalarini ushlab turuvchi yuqori novsimon
5
va pastki tekis rolik
tayanchlar
9
, yuklovchi voronka
2
va olib yuriluvchi pult
14
dan iborat.
Konveyerning
lentasi
yopishib
qolgan
material
qoldiqlaridan
konveyerning pastki va yuqori qismlariga joylashgan qirg’ichlar
8
yordamida tozalanib turadi. Konveyerni motor-baraban harakatga
keltiradi. Baraban 7 ni uning ichiga o’rnatilgan
reduktor orqali elektr
dvigatelidan aylanma harakatga keltiriladi. Konveyerning baland pastligi
shassining qo’zg’aluvchan
10
va qo’zg’almas
12
tayanchlari o’rtasidagi
masofani kanat-polistpast yordamida o’zgartirish yo’li bilan rostlanadi.
Agar lentalar taram-taram bo’lsa, konveyerning qiyalik burchagi katta
(35º gacha) va materialni yuqori balandlikka tashlab berish mumkin.
Lentani harakat tezligi sekundiga 1,6...1,7 m, konveyerning ish
unumdorligi esa soatiga 100...105 m
3
bo’ladi.