13.09.2023, 16:02
PF-5400-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshiri…
https://lex.uz/uz/docs/-3611072
4/6
tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini doimiy asosda
ishlab chiqish.
Belgilansinki, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari vazirlik va
idoralarning amaliy faoliyatida, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan aloqalarda mezon bo‘lib xizmat
qiladi;
b) tashqi iqtisodiy faoliyatga (mamlakatimizda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar eksportini
rivojlantirish, investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish, turistlar oqimini kengaytirish) va axborot-
tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratgan holda, xorijiy mamlakatlar bilan faol va tizimli ishlash
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari yillik “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va
qabul qilish;
v) O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalariga yuboriladigan xodimlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda “tegishli
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari — Tashqi ishlar vazirligi — xorijdagi
muassasa — Tashqi ishlar vazirligi,
tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati
organlari” prinsipi asosida idoralararo kadrlar rotatsiyasi;
g) erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
ma’lumot berish uchun har oyda tashqi ishlar vaziri tomonidan xorijiy muassasalar rahbarlarining
o‘zi ishlab turgan davlat va xalqaro tashkilot bilan hamkorlik qilish bo‘yicha zimmasidagi vazifalarni
va tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risidagi shaxsiy hisobotlarini eshitib
borish.
8. Quyidagilar tasdiqlansin:
O‘rta muddatli istiqbolda asosiy xorijiy sheriklar bilan O‘zbekiston Respublikasining tashqi
siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 2-ilovaga
*
muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi faoliyatini
tubdan takomillashtirish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga
*
muvofiq.
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Vazirlik va idoralar rahbarlari Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlarida va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va vazifalar o‘z vaqtida va samarali
amalga oshirilishini ta’minlasin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi va Media-markazi,
Tahlil va prognozlashtirish markazi, Tarjimonlar byurosi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti
mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Dostları ilə paylaş: