ko‘rgazmalilik bilan mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo‘lish
mumkin. Shuning uchun dasturda laboratoriya ishlariga katta e’tibor qaratilgan.
Talabalarning «Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti» fanini
o‘zlashtirishlari uchun pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar hujumi”, “Klaster”
metodi, “Bumerang”, “Idrok xaritasi”, “Tarozi”, “Elpig‘ich” texnologiyasi va
boshqa o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-
kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga
egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, elektron
materiallar, tarqatma materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi. Bundan
tashqari kundan kun texnikaning rivojlanib borayotganini hisobga olsak,
o‘qituvchi hamda talaba fan va texnika yangiliklari bilan doimiy tanishib borishi,
internet tizimidan muntazam foydalanib, kerakli ma’lumotlarini doimiy yangilab-
mustahkamlab borishi kerak. Laboratoriya mashg‘ulotlari kompyuter
texnologiyalari yordamida o‘tkaziladi.
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Mikroprosessorlar haqida asosiy tushunchalar.
Markaziy prosessor, arifmetik – mantiqiy qurilma; berilgan va adreslar shinasi;
registrlar; buyruqlar hisoblagichi; KESh; o‘zgaruvchi nuqtali sonlar matematikasi
soprosessori.
Mikroprosessor tarixi va uning turlari
Mikroprosessor ishlab chiqarilish tarixi, Hisoblash sistemasida bir necha
parallel prosessorlar. ko‘p prosessorli haqidagi ma’lumotlar. Mikroprosessor
turlari, Intel, Intel Celeron, VIA, NVIDIA, Elbrus, Philips, Hitachi, Sun, AMD
Athlon va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: