191
2) maqsadli bozor iste‘molchilari talab va ehtiyojlariga muvofiq holda
mahsulot differensiasiyasi.
Konsentrasiya strategiyasi korxonalarning bozorda
yuqori darajada xizmat
ko‘rsatishni ta‘minlashi yoki raqiblarga nisbatan eng kam xarajat asosida faoliyat
olib borish mumkin bo‘lgan hollarda samaralidir
112
. Bunga mahalliy bozorlarda
ixtisoslashuv va mahsulotlarni siljitishga mablag‘larni maqsadli sarflash orqali
erishiladi. Mijozlarning muayyan guruhiga konsentrasiyalashuv
yirik korxonalar
yetarli darajada e‘tibor qaratmaydigan o‘ziga xos talabni qondirish imkonini
beradi. Masalan, bolalar mebeli, yosh bolalar yoki oilalar uchun tovarlar ishlab
chiqish, qimmatbaho tovarlar va shu kabilar.
Past xarajatlar bo‘yicha konsentrasiya
strategiyasi yoki mahsulot
differensiasiyasi quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:
tanlab olingan bozor segmenti tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatish uchun yetarli darajada katta;
tanlab olingan bozor segmenti yaqin yoki uzoq istiqbolda yuqori o‘sish
salohiyatiga ega;
tanlab olingan bozor segmenti tarmoqdagi raqiblar uchun muhim
ahamiyatga ega emas;
kompaniya mazkur segmentni samarali o‘zlashtirish uchun yetarli darajada
tajriba va resurslarga ega.
Korxonalar konsentrasiya strategiyasini qo‘llash orqali mijozlarga
yo‘naltirilganlik darajasini mustahkamlaydi. Bu ularga birinchi darajasi va yuqori
xizmat ko‘rsatishga, mustahkam hamkorlik
asosida tashqi xatarlardan
himoyalanishga yordam beradi. Korxonalarning konsentrasiyalashuv tajribasi
boshqa korxonalar va substitut tovarlar uchun bozorga kirishiga to‘siq vazifasini
o‘taydi. Buning natijasida korxona mavjud resusr va imkoniyatlari doirasida
nishadagi eng jozibador korxonaga aylanadi.
Konsentrasiya strategiyasi ayrim kamchiliklarga ham ega.
Tarmoqdagi
yetakchi korxonalar tor bozor nishasini o‘zlashtirish uchun katta imkoniyalarga ega
bo‘lib, istalgan vaqtda mazkur nishani o‘zlashtirish imkonini topishi mumkin.
Iste‘molchilarning o‘ziga xos talabi kelgusida kengayishi, takomillashib borishi
yoki o‘zgarishi sababli segment boshqa korxonalar uchun jozibador bo‘lib qoladi
va korxonaning foydasi pasayib ketishi mumkin.
112
Porter, Michael E. Competitive strategy: techniques for analyzing industries and competitors: with a new
introduction. (1980) 2005.
395 p
38 б