Saymir yoki olmaxon maymunlar o‘zining kichikligi bilan
farqlanadilar. Ular olmaxondan yirik bo‘lmaydilar. Yungi kalta,
yashil kulrang, qoramtir-ko‘kish, sarg‘ish, gavdaning pastki qismi
oq sariq, dumining uchi qora. Quloq yunglari va k o ‘z atrofidagi
yunglari oqish, tum shug‘i qora. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlarga
qaraganda uzun. Erkagi urg‘ochisiga nisbatan yirik, qoziq tishlari
kichik, boshining orqa qismi cho‘zinchoq bo ‘ladi. Olmaxon
maymunlar janubiy Amerikaning shimoliy qismida yashaydi. Ular
100 va undan ortiq to ‘da bo‘lib hayot kechiradilar. Daryo atrofida,
daraxt shoxlarida va yerda tez harakat qiladi. Ular bir-biriga qisilib
uxlaydilar. Xomila vaqti 168-180 kun davom etib, bolasini oldin
qorin tomonida, keyin yelkasida olib yuradi. Saymurlar mevalar,
hasharotlar, baqalar, mayda qushlar bilan oziqlanadilar.
Q ‘rgimchaksimon maymunlar - koatalar avlodiga mansub
bo ‘lib, shimoliy Meksikadan sharqiy Braziliyagacha bo‘lgan
hududda yashaydilar. Koataia.ming urg‘ochisi erkagiga qaraganda
biroz yirikroq, dumining ostki tomonida yunglari boTmaydi, dumi
61—92 sm uzunlikda, gavda uzunligi 34-66 sm. Yungi qattiqligi va
rangi bo ‘yichatur ichida bir-biridan farqlanadi, sochi peshonasidan
orqa tomonga, ensadan esa oldinga qarab o ‘sgan bo‘ladi, boshining
eng tepasida sochlar o ‘zaro birlashadi.
Qora qo‘lli o ‘rgimchaksimon maymunlar yungi yaltiroq, qiz-
g'ish yoki qoramtir jigarrang hamda urg‘ochilari erkagiga nisbatan
son jihatidan ko‘p va to ‘da bo‘lib yashaydilar.
0 ‘rgimchaksimon maymunlar tez harakatlanadi. Ular daraxtga
dumi va oldingi oyog‘i bilan osilib turadi. Yerda to 'rt oyoqlab
yuradi, b a’zan keyingi oyog‘iga tayanib tik turadi, dumi yelkadan
yuqoriga qaragan bo‘ladi. Dumi beshinchi oyoq vazifasini o ‘tavdi.
Koatalar suvli mevalar, yong‘oq. kurtaklar, gullar, hasharotlar bilan
45
oziqlanadi. Xomiladorligi 140 kun davom etib, bitta bola tug‘adi
va qorin tomonida to 'rt yilgacha olib yuradi.