6. Buta va past bo‘yli o‘rmon yashash hududi Afrikada,
Isroil, Livan, Qora va 0 ‘rta yer dengizlarining janubiy qirg‘og‘ida,
0 ‘rta yer dengizining shimoliy qirg‘og‘ida, Amerikaning Kalifor-
niyadan to Vankuvergacha bo‘lgan hududda, janubiy Amerikaning
Chili mamlakati, Avstraliyaning Perm va Adelanda shaharlari
yaqinida joylashgan. Bu yashash hududida butalardan iborat
o‘rmon, unchalik baland bo‘lmagan daraxtlar, email, ildizi uzun
ko‘p yillik o‘tlar, kserofit o‘simliklar hamda o‘ziga hos hayvonot
dunyosi tarqalgan. Qayd etilgan yashash hududida negroid katta
irqiga mansub gottentatlar, yevropeoid irqiga mansub o‘rta yer
dengiz aholisi, mongoloid irqidan shimoliy amerika hindulari,
avstraliya-vedd irqidan karpentariylar degan aholi yashaydi.
7. Mo‘tadil cho‘l yashash hududida past bo‘yli o‘tsimon
o‘simliklar va butalar tarqalgan. Tuprog‘i qora rangda bo‘lib,
o‘zida namlikni yaxshi saqlaydi. Bunday yashash hududi Afrika,
Atlas tog‘ini janubida, Osiyoning Qozog‘iston„ Manchjuriya,
Mongoliya, Yevropaning Volga bo‘yi, Ural oldi cho‘llarida,
Amerikaning Pompas, Patagoniya keng maydonida uchraydi. Unda
bantu (negroid), yevropeoid irqlar, amerika indeyslari, Manchjuriya
mo‘g‘illari yashaydi.
8. Shimoliy o‘rmon (tayga) yashash hududida asosan nina
bargli daraxtlar, ayniqsa archa, pixta va bular bilan birgalikda qora
qarag‘ay, teraklar o‘sadi. Bu hududda ko‘llar, botqoqliklar ko‘plab
uchraydi. Hayvonot dunyosi xilmaxil. Bu yashash hududi Osiyoda
Sibir, Yevropada Laplandiya, Shimoliy Kanada, Alyaska, Janubiy
Amerikaning janubiy qismi, Yangi Zelandiya tog‘larida uchraydi.
Bularda yevropeoid irqiga kiruvchi laplandiyaliklar, mongollar,
nemislar yashaydilar.
9. Shimoliy qutb va tundra yashash hududi tayga chetidan
boshlanib past bo‘yli tol, shumtol, zirklar bilan chegaralangan o‘t
o‘simliklar, yo‘sinlar hamda cho‘l, alohida-alohida joylashgan
o‘t o‘simliklar qoplamidan tashkil topgan. Hayvonot dunyosi
146
ayiq, tulki, tovushqon va bug‘ulardan iborat. Dengizlar baliqlarga
boy. Tundra yashash hududi Osiyoda, Sibiming yuqori qismida,
Laplandiya va Avstraliyaning Yangi Zelandiya oTkalaridan o‘rin
olgan. Bu yashash hududida negroid, avstraliya-vedd irqlari
uchramaydi. Hayvonlardan ec-hkiemar v a to ‘ng‘izlar ko‘p uchraydi.