92
Shartli formatlash:
katak formati undagi
qiymatga bog‘liq.
Kalit so‘z
1-masala
Shartli formatlash
Conditional formatting (Shartli formatlash)
katakning formatini undagi ma’lumotga qarab
o‘zgartiradi.
Masalan, agar raqam 0 dan katta bo‘lsa, siz uning fonini yashil rangga aylantirishingiz mumkin,
agar raqam 0 dan kam bo‘lsa, uni qizil rangga aylantirishingiz mumkin.
Fon rangini yoki shrift uslubini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajaring:
1.
Formatlamoqchi bo‘lgan katakchani belgilang.
2.
Home
menyusidagi
Conditional Formatting
tugmasini bosing.
3.
Highlight Cell Rules
tugmasini bosing.
4.
Greater than, Less than, Equal to
kabi qoidalardan birini tanlang.
Ushbu misolda
Greater than
tanlangan.
5.
Birinchi matn maydoniga raqamni kiriting.
6.
Yoki ochiladigan menyudan oldindan o‘rnatilgan formatni tanlang.
Yoki
Custom format
tugmachasini bosing va keyin o‘z variantlaringizni tanlang.
Dostları ilə paylaş: