116 Eksport: biror
dasturdan
maʼlumotlarni
chiqarib olish.
Import: maʼlumotlarni biror
boshqa dasturga
joylash.
Kalit so‘zlar Maʼlumotlarni matn bilan ishlash dasturiga yuborish Ehtimol, maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlardan matnli hujjatda foydalanishingiz kerak boʻlib
qolishi mumkin. Masalan, manzili maʼlumotlar bazasida saqlangan biror kishiga xat yozishingiz
kerak.
Maʼlumotlarni bevosita matnli hujjatga oʻtkazishingiz mumkin. Bu barcha maʼlumotlarni
qaytadan yozib chiqishga nisbatan tezroq va aniqroq usuldir. Buni quyidagicha amalga
oshirishingiz mumkin:
• Ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni
eksport qilish; • Matn bilan ishlash dasturi orqali ma’lumotlarni
import qilish .
Maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni eksport qilishning turli usullari mavjud. Masalan,
maʼlumotlardan nusxa olish va joylash yoki uni bevosita Microsoft Access dasturidan eksport
qilishingiz mumkin.
Boshqa usul esa, uni boshqa dasturga, masalan, Microsoft Word dasturiga eksport qilish
mumkin. Usulni tanlashingiz maʼlumotlar qanday koʻrinishini va ulardan qanday foydalanishni
xohlashingizga bogʻliq.
1-usul: nusxa olish va uni joylash Bu usul maʼlumotlar bazasi jadvalidagi siz belgilagan barcha maʼlumotlarni matnli hujjatga
nusxalaydi. Bu maʼlumotlar jadval shaklida nusxalanadi.
Maʼlumotlardan nusxa olish va joylash uchun ushbu besh bosqichni bajarishingiz kerak:
1. Kerakli jadvalni oching.
2. Maydonlarning chap tomonidagi kulrang maydonchalarni belgilang.
3. Copy tugmasini bosing .
4. Matnli hujjatingizni oching.
9-amaliy ko‘nikma Bu foydalanishning
eng sodda usulidir.
Boshqa usullar buni
amalga oshirishga
nisbatan ancha
takomillashgan.