384
aralashuvi uchun ehtiyojni vujudga keltiradi. Bu narsa soliqni
tartibga solishni (rag‘batlantirishni) yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Daromadlarni soliqqa tortishning kengayishi bilan korxonalarning
foydasi va aholining daromadlari asosiy soliq obyektlariga, jismoniy
va yuridik shaxslar esa, asosiy soliq subyektlariga aylanadi.
Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ular, bir vaqtning o‘zida,
talabning bozor mexanizmi
orqali ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi yoki
uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Soliqlarning miqdori
(hajmi) mehnatga haq to‘lash darajasini aniqlashga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki ular soliq to‘lovlarining tarkibiga
kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish quvvatlarini sotish
yoki ulardan foydalanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi
bilan ishlab chiqarish
xarajatlari o‘rtasidagi nisbat ham soliqlarga bog‘liq.
Soliqlar va ularning funksiyalari bazis munosabatlarini o‘zida
aks ettiradi. Ulardan davlat soliq mexanizmini tashkil etadigan turli
xildagi vositalar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq
imtiyozlari va shunga o‘xshashlar) orqali soliq siyosatini
yurgizishda foydalanadi.
Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
•
soliq subyekti – qonun bo‘yicha soliqni to‘lovchi
shaxs
(yuridik yoki jismoniy);
•
soliq obyekti – mavjudligi egasini soliqqa tortishga asos
bo‘ladigan predmet (mol-mulk, yer va boshqalar);
•
soliq manbai – hisobidan soliq to‘lanadigan daromad (ish
haqi, foyda, foiz va boshqalar);
•
soliqqa tortish birligi – soliq obyektini o‘lchash birligi
(masalan, yer solig‘i bo‘yicha yerning bir gektari);
•
soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga nisbatan o‘rnatilgan
soliqning miqdori. Amaliyotda soliqlar regressiv, proportsional va
progressiv stavkalar yordamida yig‘ib olinadi.
Regressiv usulda
(soliqlarni undirishning regressiv stavkasida) daromadning o‘sib
borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlarning
bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressiv
usulda
hisoblanadi.
Proporsional
soliqlarda
(soliqlarni
undirishning proporsional stavkasida) daromadning miqdoriga
bog‘liq bo‘lmagan holda ular bir xil stavkada undiriladi. Progressiv
soliqlarda (soliqlarni undirishning progressiv stavkasida) esa
369
Dostları ilə paylaş: