608
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi
nazaridan sug‘urta bozorini xaridorlar – sug‘urtalanuvchilarning
sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari va sotuvchilar – sug‘urta
tashkilotlarining sug‘urta himoyasi bo‘yicha takliflari nisbati bilan
boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim
sifatida tasavvur etish
mumkin. Sug‘urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo‘jalik
yurituvchi subyektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining
elementi sifatidagi sug‘urtaga nisbatan bo‘lgan talabi va
shuningdek, sug‘urtalovchilarning sug‘urta xizmatini sotib olish
orqali o‘z talabini qondirishga imkon yaratadigan sotib olish
layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos
bo‘lgan ehtimoldagi xavf sifatida xatar iqtisodiy munosabatlar
yuksalishi
bilan
sug‘urta
xizmatlariga
bo‘lgan
talabning
kuchayishiga olib keladi. Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug‘urta va
ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan sug‘urta himoyasining
qisqarishi ham shuningdek, sug‘urta xizmatlariga talabning
oshishiga sabab bo‘ladi.
Sug‘urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo‘lib,
unda savdo-sotiq obyekti sifatida sug‘urta himoyasi qatnashadi
hamda unga talab va taklif shakllanadigan
maxsus ijtimoiy-
iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. Sug‘urta bozori keng ma’noda
sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini aks ettiradi. Sug‘urta bozorining
obyektiv asosini kutilmagan tabiiy, texnogen va baxtsiz hodisalar
oqibatida yetkazilgan zararni bartaraf etish yo‘li bilan ishlab
chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash hisoblanadi.
Qolaversa,
sug‘urta
bozori
iqtisodiyotni
qo‘shimcha
moliyalashtirishda ham muhim o‘rin tutadi. Sug‘urta bozori faoliyat
yuritishining asosiy sharti bo‘lib sug‘urta xizmatlariga jamiyat
ehtiyojining mavjudligi va ushbu ehtiyojni qondira oladigan
sug‘urta tashkilotlarini mavjud bo‘lishi hisoblanadi. Faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta bozori turli tarmoq bo‘limlarini biriktirgan
murakkab, integratsiyalashgan tizimni o‘zida aks ettiradi.
Sug‘urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar,
xaridorlar
va vositachilar hamda ularning uyushmalari qatnashadilar.
Sotuvchilar toifasini sug‘urta va qayta sug‘urta tashkilotlari tashkil
etadi. Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi bilan sug‘urta
shartnomasini rasmiylashtiruvchi sug‘urtalanuvchilar - jismoniy va
yuridik shaxslar ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar
593
- o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish,
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta
sug‘urta qilish;
- maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va
shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida
professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat
turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi
talab qilinmaydi;
- sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar
malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta
agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish;
- sug‘urta hodisalari yuz
berishining oldini olish va
ogohlantirish chora-tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi
belgilaydigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
- sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta
turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq
belgilash;
- sug‘urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan
tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi
organlardan,
sudlar,
tibbiyot,
seysmologiya,
veterinariya,
gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan
belgilangan tartibda so‘rash va olish;
- sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari,
sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan
tegishli shartnomalar tuzish;
- sug‘urta tovoni to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta
(qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda
tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini
muddatidan ilgari bekor qilish;
- sug‘urta qildiruvchi tomonidan
taqdim etilgan axborotni
tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari
va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta
qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
- chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari
ko‘rsatish;
- ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan
yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning
ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
594
- O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el
reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
- o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi:
- sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga
rioya etishi;
- sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan
axborotning mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq
ta’minlashi;
- o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reestrini yuritishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli
davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
- sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda,
qonun hujjatlarida
yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda
tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga
oshirishi va sug‘urta tovoni to‘lashi;
- firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri
o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga
qonunda belgilangan tartibda etkazishi;
- sug‘urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi
belgilaydigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda
joylashtirishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy
auditorlik tekshiruvidan o‘tishi;
- maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda
kamida bir marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar
ko‘rsatish uchun jalb etishi;
- maxsus vakolatli davlat
organi belgilagan shaklda, tartibda
va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini
yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa
hisobotlarni tuzishi shart.
Sug‘urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari
qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda shakllantiriladi.
Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan farqli ravishda sug‘urta
tashkilotlari ustav kapitalining 90 foizi pul shaklida bo‘lishi talab
etiladi va litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100 foiz
shakllantirilgan bo‘lish lozim.
607
deganda sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan
ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish,
takroriylik va zarar
yetkazilish oqibatlarining og‘irlik darajasini aniqlash, sug‘urta
zaxiralarini hisob-kitob qilish, sug‘urta jarayonini tashkil etish
uchun zarur xarajatlar hajmini aniqlash, sug‘urta xizmatlari
tannarxini hisob-kitob qilish, sug‘urtaning (qayta sug‘urta
qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini belgilash,
investitsiya
faoliyati
natijalarini
baholash,
daromadlarni
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har xil turlari bo‘yicha
rejalashtirish va boshqa aktuar xizmatlarini ko‘rsatishni o‘zi ichiga
oluvchi aktuar xizmatlari majmuasi tushuniladi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan va milliy sug‘urta bozorini tartibga
solishga qaratilgan barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ustida
atroflicha to‘xtalib o‘tishning imkoniyati mavjud emas. Shu
sababli, ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va
ahamiyatiga e’tiborni qaratdik.
Dostları ilə paylaş: