79
3.4. Universal o‘lchash asboblari
O‘lchashlarning ma’lum ko‘lamida uzunlik va burchaklarni o‘lchash
uchun
mo‘ljallangan
vositalar
universal o‘lchash vositalari
deb ataladi.
Bunda
o‘lchanayotgan detall shaklining ahamiyati yo‘q.
Metall o‘lchash lineykalari.
O‘lchash lineykalarini ko‘pincha masshtab
lineykalari deb atashadi. Ular ko‘p qiymatli o‘lchovlar
soniga kiradi, chunki ular
yordami bilan qator har xil o‘lchamli bir nomli kattaliklarni o‘lchash mumkin.
Mashinasozlikda qo‘llanadigan metall lineykalar 150; 300; 500 va 1000 mm
uzunlikda ishlab chiqariladi (36-rasm).
36-rasm. Metall lineykalar.
Shtangenasboblar.
Shtangenasboblar - o‘lchash va belgi qo‘yish uchun
mo‘ljallangan asboblarning katta guruhidir. Bu asboblarni boshqa asboblardan
farqlovchi
xususiyati shuki, bularda har bir 1 mm da bo‘linmalari bor shkalali
lineyka (shtanga) qo‘llanadi, millimetrini o‘nli va
yuzli qismlari esa asosiy
shkaladan yordamchi (qo‘shimcha) - nonius shkalasi yordamida o‘qiladi (37-
rasm).
Dostları ilə paylaş: