Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 789 islom dinining vujudga kelishi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#145416
növüИсследование
1   2   3   4   5
Hamidova Muyassarbonu Odiljon qizi


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
апрель
, 2023 
г 
790 
Ikkinchidan, qo’shni davlatlar - Vizantiya imperiyasi, Sosoniy Eroni va Habashiston 
Arabiston yarim orolida siyosiy birlikning yo’qligidan foydalanib, doimiy ravishda bu o’lkaga 
hujum qilardilar, arablarni asoratga solardilar. Shunday qilib, VII asrda arablar yagona 
davlat barpo etishini davr ham taqozo etmoqda edi. Siyosiy jihatdan birlashish, ya’ni 
yagona Arab davlatini vujudga keltirish-xalqning kuchini tashqi bosqinchilarga qarshi 
kurash uchun birlashtirish hamda o’zaro ichki urushlarga barham berish vazifasini hal etish 
lozim edi. Bunday siyosiy birlashuv u davrda faqatgina yakka xudolik dini orqaligina, yagona 
xudo shiori istagidagina amalga oshirilishi mumkin edi, xolos.
VI asrda Arabistonda ko’p xudolik dinlari mavjud edi. Ayni paytda, shuni alohida 
ta’kidlash joizki, ko’p xudolik vujudga kelayotgan va asta-sekin o’ziga taraqqiyot yo’lini 
ochib borayotgan yangi tuzum-feodal jamiyatning ijtimoiy va siyosiy talablariga ham 
muvofiq kelmas edi. 
Yuqorida sanab o’tilgan omillar Islom vujudga kelishining obektiv shart-sharoitlarini 
tashkil etadi. 
Islomning paydo bo’lishiga muayyan g’oyaviy muhit-birinchidan, arablar milliy 
ongining uyg’onganligi, ikkinchidan, haniflar (chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat 
izlovchilar)ning diniy harakati ham qulay sharoit yaratgan edi. Haniflar arab qabilalarini 
birlashtirish jarayonining g’oyaviy ifodachisi ham edi. Hanifiylikning markaziy g’oyasini-
yakka xudoga ishonish, qabila xudolariga va mahalliy xudolarga sig’inishdan voz kechish 
tashkil etardi. Hanifiylar o’z targ’ibotlarida arablarni “og’ir ahvoldan qutqaruvchi 
xaloskor”ning yaqinlashib qolganligini xabar berar, ilohiy qudratning hukmini sabrsizlik 
bilan kutib turish lozimligini uqtirar edilar. Ular har narsani yagona xudoning qudrati, uning 
marhamati yoki g’azabi bilan bog’lar edilar. Ijtimoiy adolatsizlikdan, chet el bosqinchilari
quldorlarning asoratidan bezor bo’lgan qullarning, og’ir ahvolda yashagan arab 
ommasining qalbida “yagona Allohning adolati”, “Xaloskorning kelishi”, “Dunyoning oxiri” 
haqidagi targ’ibotlar muayyan tuyg’u, unga ishonish hislarini uyg’otgan. Milodning VI asrida 
Arabiston yarim orolida hukm surgan davlatlar qulagach, mazkur karvon yo’lining 
markazida joylashgan Makka Arabiston shaharlarining eng yirigi va ahamiyatlisi bo’lib 
qolgan. U deyarli hamma tomoni darali tog’lar bilan o’ralgan vodiyda joylashgan. Shuning 
uchun ham bu yerda hech qachon shahar atrofiga devor qurish zaruratu bo’lmagan. U 
yerdagi Alloh qudrati bilan yaratilgan deb hisoblanuvchi Zamzam qudug’i, Ka’ba bora-bora 
Makkani arablarning muqaddas joyiga aylantirgan, uning shuhratini orttirgan. Makkada 
hech qanday arxeologik ishlar olib borilmagani uchun uning yoshini aniqlashning iloji 
bo’lmagan. V-VI asrlarda Arabiston yarim orolidagi davlatlar (G’assoniylar, Lahmiylar, Kinda 
va Himyor) inqirozga yuz tutganligi, so’ngra umuman tarix sahifasidan yo’qolib ketganligi 
Makkaga qo’l kelgan. Arabistonga qo’shni buyuk davlatlar - Vizantiya va Eronning yarim 
orol janubi va shimolida o’z hukmini o’rnatgani ham Makka foydasiga hizmat qilgan. Bu 
davrda Makkada quraysh qabilasi hukmronlik qilardi. Butun quraysh urug’larining hurmat-
e’tiborini qozongan shaxs Hoshim edi. Bu hurmat-e’tiborga u oddiy xalqqa, yo’qsillarga 
xayr-ehson qilish, qurbonlikka mollar so’yib ularni boqish hisobiga erishgan edi. 


Международный
научный
журнал

9
(100), 
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin