Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
46. Boshqa bir xabarda kelishicha,
Alloh taolo Jabroil, Mikoil va Isrofilni tiriltirganda
Rasulullohning (s.a.v.) qabrlariga tushishadi, ular bilan birga Buroq va jannatdan
keltirilgan rido va izor bo‘ladi. So‘ngra Rasulullohning (s.a.v.) ustilaridan yer ochiladi va
payg‘ambarimiz Jabroilga qarab: “Ey Jabroil! Bu kun qanday kun?” deydilar.
Shunda
Jabroil aytadiki: “Bu qiyomat kuni, bu haqiqat kuni, bu musibat kunidir!” Rasululloh
(s.a.v.) so‘raydilarki: “Alloh taolo ummatimni nima qildi?” deb Jabroil aytadiki: “Xursand
bo‘ling, birinchi bo‘lib sizning ustingizdan yer ochildi!” So‘ngra Alloh taolo Isrofilga
buyuradi va Isrofil surni chaladi, shunda hamma qabrdagilar
Allohning amriga muntazir
bo‘lib kutib turadilar.
Abu Hurayradan aytilgan hadisga qaytsak, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilarki: “Ular
qabrlaridan yalang‘och va yalangoyoq holda chiqadilar va yetmish yil bir yerda
turadilar. Alloh ularga qaramaydi va hukm ham chiqarmaydi, ular ko‘z yoshlari
tugaguncha yig‘laydilar. Ko‘z
yoshlari tugagach, qon yig‘laydilar va terlab, terlari ularni
iyaklarigacha ko‘mib, jilovlab bog‘laydigan holatga kelganlarida ularni mahsharga
(yig‘ilish joyiga) chaqiradi. Alloh taolo:
Dostları ilə paylaş: