170
O‘rov (upakovka)
- 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish,
material. Tovar ishlab chiqarilgandan so‘ng uning xususiyatlarini saqlash
hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim
reklama manbai.
Press-reliz
- gazeta va jurnallar, tele va radio redakцiyalari ularni
qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan byullenten, pablik
rileyshnz vositasi.
Prognozlash (bashorat qilish) usuli
- o‘rganilayotgan obyektning
utmishdagi va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy
asoslangan oldindan ko‘ra bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga
asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq
muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko‘ra,
miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot obyektlarini qamrab olish bo‘yicha
umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi.
Raqobat
- 1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan
erishishni maqsad qilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida
kattaroq foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2)
moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol qilish jarayonida
bozor tizimi subyektlarining kommunikatsiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari
iqtisodiy jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va
jamoatchilik ishlab chiqarishining samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.
Dostları ilə paylaş: