National University of Uzbekistan Volume 3


National University of Uzbekistan



Yüklə 490,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix20.09.2023
ölçüsü490,46 Kb.
#145561
1   2   3   4   5   6
kelajak-avlod-tarbiysida-ijtimoiy-gumanitar-fanlarni-o-qitishning-dolzarbligi (1)

National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-629-634 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
633
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
vaqtida o'tib yursak bo'ldi”, degan tasavvur shakllanishiga sabab bo'lgan. Shu va 
shunga o'xshash muammolarimiz bor ekan, ularni bartaraf etmas ekanmiz, kelajak 
avlodni tarbiyalashda oqsayveramiz” – deydi mamlakatimiz Prezidenti. 
Sohani rivojlantirishda o'quv adabiyotlarining sifatiga e'tibor qaratilmoqda. 
Tarix faniniga oid darsliklar yaratishda nazariy- metodologik jixatlariga aloxida 
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ya’ni, xolislik tamoyili asosida tarixiy 
voqea- xodisalarni xolis, tarixiy faktlarga asoslanib, ro’yi rost ochib berish, xech 
qanday uydirma yoki bo’rttirishlarga yo’l qo’ymaslik talab etiladi. Voqea- xodisalar
Ilmiy asoslangan , tarixiy faktlarga tayangan xolda ochib beriladi. O'quv 
adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratish tartibini 
soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini 
jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo'shimcha yoki muqobil o'quv adabiyotlari 
sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda 
yangilab borish ijtimoiy- gumanitar fanlarni o'qitishda muhim omil hisoblanadi. 
O'zbekistonda tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish Кontseptsiyasini ishlab 
chiqilishi ko'zda tutilmoqda. Kontseptsiya qabul qilinishi natijasida tarix fani sohasini 
rivojlantirish butunlay yangicha asosda va tizimli ravishda amalga oshiriladi
jarayonni samarali boshqarish imkoni tug'iladi. Ilmiy faoliyatni maqsadga muvofiq 
yo'lga qo'yish, katta moliyaviy xarajatlardan muayyan samara olish mumkin bo'ladi. 
Shuningdek, o'zbek xalqi va davlatchiligi tarixi bo'yicha butunlay yangicha
milliy manfaatlarga mos ilmiy yondashuvlar asosidagi turkum asarlar tayyorlanadi. 
Chuqur bilimga ega, ijodiy va tizimli fikrlaydigan ilmiy xodimlar avlodi shakllanadi. 
Oliy ta'limda tarixchi mutaxassislar tayyorlashning butunlay yangicha, ilmiy 
muassasalar bilan uzviy bog'langan tizimi yaratiladi. Tarix yo'nalishidagi ilmiy 
xodimlar, professor-o'qituvchilarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish darajasi 
yuksaladi. Qadim, boy va noyob tarixiy merosni milliy va xorijiy darajada targ'ib 
etishning yangicha va samarali tizimi yaratiladi. 
Qisqacha qilib aytganda ma'naviyatli, tafakkuri boy, dunyoqarashi keng xalq 
boshqaruvidagi davlat xech qachon tanazzulga yuz tutmaydi. Zero bunday xalqning 
tarixi buyuk, ma'naviyati yuksak bo'ladi.

Yüklə 490,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin