TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING (AKT) AHAMIYATI
Xotamov Eldorbеk Orifjonovich
Andijon davlat univеrsitеti huzuridagi Shaxrixon agrosanoat tеxnikumining Ishlab
chiqarish ta'limi bo'yicha dirеktor o'rinbosari
Annotatsiya: Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud
muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan
acha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalaridir. Ushbu
ilmiy
maqolada
ta'lim
jarayonini
tashkil
etishda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining ahamiyati xususida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: innovatsiya, pedagogik faoliyat, AKT,intellektual,axborotlashtirish,
loyiha, no'ananaviy, interfaol medotlar
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda
sarflangan
mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi.
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki,
u boshqarish va nazorat
qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Barcha
sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya”
hamda ularning
mohiyatini
ifodalovchi
faoliyat
to‘g‘risida
so‘z
yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi
ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u
novatsiya (yangilanish)
deb yuritiladi.
Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib,
uning
natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa,
u