O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Talaba:
 

o‗rta maxsus va kasb-hunar ta‘lim tizimidagi informatika fanini o‗qitish 
tamoyillari; 

informatika fanini o‗qitishning maqsad va vazifalari haqida
 tasavvurga ega 
bo‘lishlari;

informatika fanini o‗qitish texnologiyalarini tanlash; 

informatika fani bo‗yicha o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarni 
nazorat qilish va baholashni; 

informatika fanidan o‗qituvchi va o‗quvchi faoliyatini tashkil etishni 
bilishi 
va
 ulardan 
foydalana
 
olishi;

informatika fanidan darsdan tashqari mashg‗ulotlarni rejalashtirish va 
tashkillashtirish yo‗llarini; 

informatika 
fani 
darslarini 
innovatsion 
texnologiyalar 
yordamida 
tashkillashtirishi bo‗yicha 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

informatika fanidan darsdan tashqari mashg‗ulotlarni rejalashtirish; 

informatika fanidan darsdan tashqari mashg‗ulotlarni tashkillashtirish; 

informatika 
fani 
darslarini 
innovatsion 
texnologiyalar 
yordamida 
tashkillashtirish;
 

informatika fani o‗quv jarayonini tashkil etish; 

ta‘lim vositalaridan foydalanish bo‗yicha 
malakalarga ega bo„lishi kerak.
Oliy o‗quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni 
quyidagilardan iborat: 

axborotlarni to‗plash, uzatish va qayta ishlashning umumiy tavsifi; 

axborotli jarayonlarning texnik va dasturiy ta‘minoti; 


96 

axborot texnologiyalarining turlari va ko‗rinishlari; 

zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning tuzilishi; 

zamonaviy axborot texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga qo‗llash va uning 
ahamiyati; 

o‗quv va nazorat qiluvchi dasturlar va ular bilan ishlash; 

matnli va grafikli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari; 

multimediali texnologiyalar bilan ishlash; 

tarmoq texnologiyalari bilan ishlash; 

internet texnologiyasi bilan ishlash; 

masofaviy ta‘limni yo‗lga qo‗yish va boshqalar. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari 
quyidagilardan iborat: 

kompyuterni kundalik aqliy faoliyatda yordamchi sifatida foydalanishni 
yo‗lga qo‗yish; 

axborot madaniyati va uning ahamiyati haqida bilim berish; 

zamonaviy telekommunikatsiya, virtual voqelik, multimedia tushunchalarini 
shakllantirish; 

axborot texnologiyalaridan foydalana olish; 

informatika vositalaridan foydalanish xavfsizligi masalalari, aqliy mulk va 
dastur ta‘minotidan foydalanishning huquqiy tomonlari bilan tanishtirish va 
boshqalar. 
Informatika fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot tushunchasidir. 
Axborot tushunchasi informatika fanida juda ko‗p qo‗llaniladigan tushuncha bo‗lib, 
informatika fani ayni shu axborot ustida bo‗ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish 
va boshqarishning qonun-qoidalarini o‗rganib boradi. 
Ta‘limning mazmuni uning vazifalaridan kelib chiqadi. Ta‘limning mazmuni 
ilmiy bilimlar, ko‗nikma va malakalar tizimidir. O‗quvchi ilmiy bilim, ko‗nikma va 
malakalarni egallash jarayonida aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi, 
dunyoqarashi, axloqi shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi. Ta‘lim 
mazmuniga insoniyat to‗plagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni, 
hajmi, ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti 
darajasi bilan belgilanadi. Ya‘ni uning mazmuniga tabiat, jamiyat, inson va uning 
tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab-
chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi. Ta‘limning mazmuni o‗zgaruvchan, u doimo 
yangilanib turadi.
Bugungi kunda ta‘limning mazmuni O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim 
to‗g‗risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da belgilangan 
vazifalardan kelib chiqadi. Ta‘lim mazmuni jamiyat umumiy o‗rta ta‘lim oldiga 
qo‗yayotgan talab buyurtma asosida belgilanishi kerak. Ya‘ni shakllanayotgan inson 
nimani bilishi, o‗rganishi, qanday insoniy fazilatlarga ega bo‗lishi haqidagi savollarga 
javob berishi kerak.
Ta‘lim jarayoni o‗quvchilarda: bilimdonlik, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, 
tirishqoqlik, tashabbuskorlik, ziyraklik, intizomlilik, qiziquvchanlik kabi xislatlarni 
shakllantiradi. Tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuriga munosabati ham ta‘lim 


97 
mazmunini belgilashga, ta‘lim olishga yordam beradi. O‗quvchi o‗zida shakllangan 
munosabatlarga asoslanib tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baholaydi; oq-
qorani ajratadi, ilmiy va g‗ayriilmiy hodisalarning farqiga boradi.
Ta‘lim mazmuniga kiritilgan o‗quv materiali yuqori ilmiy va amaliy 
ahamiyatga ega bo‗lishi, ta‘lim jarayonining imkoniyatlariga mos bo‗lishi (ta‘limni 
tashkiliy shakllari, qonuniyatlar, tamoyillari, usullari, o‗quvchilarning umumiy 
rivojlanishi darajalariga, maktabning o‗quv-metodik hamda moddiy holati hisobga 
olinishi) lozim. Shuningdek, ta‘lim mazmunini belgilashda maktabda o‗qitiladigan 
barcha fanlarning o‗ziga xos xususiyatlari va fanlararo aloqa hisobga olinishi shart.
Ta‘lim mazmuni ilmiy asoslangan DTS, o‗quv rejalari, dasturlari va 
darsliklarida ifodalanadi. Xususiy metodika nuqtayi nazari bo‗yicha «ta‘lim» aynan 
bir o‗quv fani asosida o‗qitish va o‗qish faoliyatlarini birgalikda amalga oshirishni 
anglatadi. Pedagogika fani nuqtayi nazaridan qaralganda esa «ta‘lim» o‗qituvchi va 
o‗quvchi ta‘sirining majmuyi bo‗lib, uning natijasida o‗quvchining aqliy salohiyati 
(intellekti), ruhiyatini rivojlantirish ma‘nosini bildiradi.
Bilim tabiat, jamiyat, inson ongida amal qilinadigan qonuniyatlarning turli 
belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan ko‗rinishidir. Bilimlar 
qarash, g‗oya, ta‘rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, omil va boshqa shakllarda 
beriladi.
Ta‘lim jarayoni tarkibiga ko‗ra, o‗ta murakkab didaktik hodisadir. Agar bu 
jarayonga o‗qituvchi faoliyati nuqtayi nazaridan yondashsak, «o‗qitish jarayoni», 
o‗quvchilar faoliyati nuqtayi nazaridan esa «o‗quv jarayoni» iboralari qo‗llaniladi.
O‗qitish eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning ijtimoiy 
taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. Kishilar o‗qituvchilik 
kasbiga maxsus tayyorlanadi.
Ta‘lim ma‘lum bosqichlar asosida amalga oshiriladi: o‗rganiladigan narsa-
hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin o‗rganilgan bilimlarni xotiraga, 
ya‘ni esga tushirish; bilimlarni amalda qo‗llash, fikrlash, ularning umumiy va xususiy 
alomatlarini ajratish.
Hozirgi an‘anaviy maktabda asosiy e‘tibor bilimlarni o‗zlashtirishga, ko‗nikma 
va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu o‗quv-tarbiya jarayonini tashkil etish 
tajribasining eng zaif tomonidir. Ma‘lumot mazmunining barcha elementlariga rioya 
qilib, ta‘lim jarayonini tashkil etish yo‗li bilangina har tomonlama rivojlangan 
yoshlarni yetishtirib chiqarish mumkin. Ta‘limning asosiy mazmunini uning 
vazifalari oydinlashtirib beradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog‗liq bo‗lgan 
vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichiga ilmiy va texnikaviy bilimlar hamda ular bilan 
bog‗liq bo‗lgan malaka va ko‗nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan 
tarixiy va madaniy qadriyatlarda hayotning ma‘nosi, jamiyatda insonning tugtan 
o‗rni, ta‘lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqidagi hikmatli fikrlar borki, bular bugungi xalq 
ta‘limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratishi borasida yoshlarimizda 
insonparvarlik, poklik, imon-e‘tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, 


98 
millatlararo do‗stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg‗ularini 
tarbiyalaydi
52
.
Ta‘limni standartlashtirish-insoniyatning ijtimoiy ongida ro‗y bergan tub 
o‗zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki axborotlar almashinuvi 
maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi 
ikkinchi qutbda sodir bo‗layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisdan 
aynan shu tarzda ro‗y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir 
vaqtda yashab turib, bir-birini tushunmaslik ba‘zan insonlar o‗rtasidagi 
munosabatlarni boshi berk ko‗chaga kiritib qo‗yishi mumkin. Shuning uchun ham 
iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo‗lgan davlatlarda yashovchi barcha 
kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji paydo 
bo‗ldi. Bu holat ta‘lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin