11.2. Oliy ta‟limda informatika fanlarini o„qitishda interfaol ta‟lim
metodlari va o„qitishda qo„llaniladigan texnologiyalari
Hozirgi vaqtda ta‘lim jarayonida o‗qitishning zamonaviy metodlari keng
qo‗llanilmoqda. O‗qitishning zamonaviy metodlarini qo‗llash o‗qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An‘anaviy dars shaklini saqlab
qolgan holda uni ta‘lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar
bilan boyitish ta‘lim oluvchilarning o‗zlashtirish darajasi o‗sishiga olib keladi.
Interfaol ta‘lim metodlari hozirda eng ko‗p tarqalgan va barcha turdagi ta‘lim
muassasalarida keng qo‗llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga,
interfaol ta‘lim metodlarining turlari ko‗p bo‗lib, ta‘lim-tarbiya jarayonining deyarlik
hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta‘lim beruvchi
tomonidan ta‘lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim jarayonida
faolligi muttasil rag‗batlantirib turilishi, o‗quv materialini kichik-kichik bo‗laklarga
bo‗lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-
munozara, muammoli vaziyat, yo‗naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‗yinlar kabi
metodlarni qo‗llash va ta‘lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash talab etiladi.
112
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‗zaro muloqotda, o‗zaro bahs-
munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi
shundaki, butun faoliyat o‗quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‗rgatib, mustaqil
hayotga tayyorlaydi.
O‗qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‘lim maqsadi, ta‘lim
oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‗quv muassasasining o‗quv-moddiy sharoiti,
ta‘limning davomiyligi, o‗qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‘tiborga
olinadi.
Interfaol metodlar deganda, ta‘lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta‘lim jarayonining markazida ta‘lim oluvchi bo‗lgan metodlar
tushuniladi. Ta‘lim oluvchi markazda bo‗lgan yondashuvning foydali jihatlari
quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
ta‘lim samarasi yuqoriroqbo‗lgan o‗qish-o‗rganish;
ta‘lim oluvchining yuqori darajada rag‗batlantirilishi;
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e‘tiborga olinishi;
ta‘lim
jarayoni
ta‘lim
oluvchining
maqsad
va
ehtiyojlariga
muvofiqlashtirilishi;
ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas‘uliyatining qo‗llab-quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o‗rganilishi;
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‗qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish
o‗ziga xos xususiyatga ega. Ta‘lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol
metodni sinchiklab o‗rganish va amalda qo‗llash o‗quvchi-talabalarning fikrlashini
kengaytiradi hamda muammoning to‗g‗ri yechimini topishlariga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta‘lim
strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta‟lim metodlari quyidagilar sanaladi:
1.
Interfaol metodlar: ―Keys-stadi‖ (yoki ―O‗quv keyslari‖), ―Blits-so‗rov‖,
―Modellashtirish‖, ―Ijodiy ish‖, ―Muammoli ta‘lim‖ va b.
2.
Interfaol ta‘lim strategiyalari: ―Aqliy hujum‖, ―Bumerang‖, ―Galereya‖,
―Zig-zag‖, ―Zinama-zina‖, ―Muzyorar‖, ―Rotatsiya‖, ―Yumaloqlangan qor‖ va sh.k.
Interfaol ta‘lim metodlari tarkibidan interfaol ta‘lim strategiyalarini ajratishda guruh
ishini tashkil qilishga yondashuv ma‘lum ma‘noda strategik yondashuvga
qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‗proq jihatdan interfaol
ta‘lim metodlariga tegishli bo‗lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‗q.
3.
Interfaol grafik organayzerlar
:
―Baliq skeleti‖, ―BBB‖, ―Konseptual
jadval‖, ―Venn diagrammasi‖, ―T-jadval‖, ―Insert‖, ―Klaster‖, ―Nima uchun?‖,
―Qanday?‖ va sh.k. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday
mashg‗ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‗rinishda
ifodalanishiga asoslaniladi. Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo‗yicha hozirgi
ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli shakllardagi o‗quv mashg‗ulotlari
texnologiyalari bilan qo‗llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 6-jadvalda
keltirildi.
113
6-jadval
60
Dostları ilə paylaş: |