J O N R I C H A R D S
M N E M O N I K A - E S L A B Q O L I S H - C H E T T I L I
SO'ZLARNI ESLAB
QOLISH SIRLARI
Q A N D A Y Q I L I B H A F T A S I G A 1 0 0 0 + S O ' Z L A R N I
Y O D O L I S H M U M K I N ?
Qanday qilib 1 haftada 1000+ so'zlarni yod olish mumkin?
3
SO'ZLARNI ESLAB QOLISH
SIRLARI
Jon Richards
Qanday qilib Haftasiga 1000+ so'zlarni yod
olish mumkin?
Toshkent - 2022
Qanday qilib 1 haftada 1000+ so'zlarni yod olish mumkin?
3
Mundarija
Kirish ..............................................................................3
Kitobdan foydalanish tartibi .......................................6
Mnemonika va uning asosiy fundamental qonuni ...7
LOKI usuli .....................................................................10
TOG usuli ......................................................................13
So'z yod olishning boshqa usullari ............................14
Assatsatsiya .................................................................15
Dangasalikni yengish usuli ........................................16
Intizomni shakllantirish .............................................18
Xulosa ...........................................................................20
Qanday qilib 1 haftada 1000+ so'zlarni yod olish mumkin?
4
Kirish
Assalomu alaykum, xurmatli o'quvchim. Siz bu kitobni o'qiyotgan
ekansiz demak, yangi tilni o'rganishga kirishgansiz va ba'zi
qiynchiliklarga duch kelyapsiz. Bu kitobning maqsadi ham, ayni
o'sha muammolaringizni hal qilishga qaratilgan.
O'zim haqimda ham qisqacha gapirib o'tsam,
Jon Richards
bu
shunchaki taxallus (haqiqiysi: Jasur) va eslab qolish, mnemonika
kabi bilimlarni o'tgan 3 yildan beri o'rganib kelmoqdaman. IELTS va
CEFR kabi imtihonlarni topshirishdan oldin, so'z yodlash bilan
bog'liq muammolarga duch kelganim uchun ayanan, Mnemonikani
o'rganishga qaror qilganman. Qo'lingizdagi kitob orqali, o'zim sinab
ko'rgan eng yaxshi usullar bilan bo'lishmoqchiman.
OGOHLANTIRISH!
Ushbu kitob odatdagilari kabi, 100 200 betlardan tashkil topgan
bo'lmaydi. Mening maqsadim, har xil oldi qochdi gaplardan
qochgan holda, mavzuning eng foydali joylarini sizga yetkazib
berish. Shunday ekan kitob qisqaligini ko'rib, manfaatsiz deb
o'ylamang.
Dostları ilə paylaş: |