143
IJTIMOIY
PEDAGOGIKA Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya
Filosofiya-Mantiq-Iqtisod
Tarix-Etnografiya-huquq
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan
uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini
o`rganadi.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya,
tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib
boradi.
Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati
va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini
amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik
munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror
topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish
jarayoniga ko`maklashadi.
Sotsiologiya insonning ijtimoiy turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir.
Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot
irqlarining
paydo
bo`lishi,
odamning
tana
tuzilishidagi
farq-tafovut,
o`zgaruvchanlik haqidagi fan.
Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va
rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini
o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr
o`rtalaridan boshlab rivojlandi.
Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida
ro`y beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab
beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga
ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamalkat doirasida emas, balki
jahonning turli
mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan
belgilanadi.
Iqtisod fanlari esa ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, jamiyatning
iqtisodiy turmushini o`rganishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: