161
O’rganilayotgan davrda nafaqat o’quv yilida balki ta’tillarda ham “yozgi maktab”
nomi ostida o’tkaziladigan darsdan tashqari o’qish ham rivojlana boshladi. Ilk maktabdan
tashqari bolalar muassasalari-kutubxona-qiroatxonalar, maktab-teatr jamoalari paydo
bo’la boshladi. XX asrning 30-yillarda maktabdan tashqari bolalar texnik va qishloq
xo’jaligi stansiyalari, klublari, kutubxona va teatrlari faoliyat yuritdi. Turli maktab
to’garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish vositasi sifatida bo’sh vaqtlarini maroqli
o’tkazishi uchun tashkil qilindi. Aynan shu davrda pedagogik faoliyatini boshlagan
o’zbek shoiri G`.G`ulomni (1903-1966) tilga olmay iloj yo’q. 1918 yildan G`.G`ulom ilk
o’zbek maktab-internatlarining ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu
maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogik vazifalardan-
savodsizlikka qarshi kurash, kattalar uchun kechki kurslarni tashkil qilish, ta’lim
berishning ilg’or usullarining qo’llanishi, o’quvchilarning mustaqil badiiy faoliyatiga
rahbarlik, o’quvchilarda kasb, mehnatga qiziqish uyg’otishdan iborat edi. G`.G`ulom
oilaviy tarbiyaga katta e’tibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy yuksalishi ota-
onaga bog’liq ekanligini dalillar bilanasoslangan..
Dostları ilə paylaş: