O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiylashuv vositalari. 
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal 
vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, 
maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat 
mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala 
usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning 
hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlari-muloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy 
faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi. 
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat 
berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-
atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. 
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va 
boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik 
tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. 
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. 
Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo’llaniladi:: 
-go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy; 
-go’daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat; 


182 
-maktabgacha davr-rolli o’yinlar; 
-ilk maktab davri-o’quv faoliyati; 
- o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati; 
-o’spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati. 
Ijtimoiylashuv agentlari. 
Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda 
bo’lgan kishilar muhim o’rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda 
ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi 
turli bo’ladi. Bolalar va o’smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, 
tengdoshlari, qo’shnilar agent bo’lishlari mumkin. YOshlik davrig kelib agentlar qatoriga 
turmush o’rtog’i, hamkasblari ham qo’shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan 
o’rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: 
faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko’rsatmaydigan. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin