Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


XV BOB. KICHIK MAKTAB YOSHI



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

XV BOB. KICHIK MAKTAB YOSHI
Reja:
1. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning 
ijtimoiy shart-sharoitlari.
2. Maktabga moslashish.
3. Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat.
4. Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik.
5. 0 ‘smirlik davriga o'tishdagi inqiroz.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
Talabalarga kichik maktab davridagi o‘quvchilarning 
psixik rivojlanish xususiyatlari, yetakchi faoliyat, xulq-atvor xu- 
susiyatlari, aqliy rivojlanishi va shaxsining shakllanishi bo‘yicha 
bilim berish.
Tarbiyaviy:
Bo‘lg‘usi pedagoglarda kichik maktab yoshida­
gi bolalarni sevish, ular shaxsiga hurmat bilan qarash hislarini 
singdirish. Talabalarni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga sa- 
marali ta’lim-tarbiya berish uchun o‘z shaxsiy fazilatlarini tahlil 
qilishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, 
amaliyotga yo‘naltirish yo‘llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni 
rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
kichik maktab yoshi, o‘quvchi, maktab 
ta’limi, psixologik tayyorgarlik, o‘quv faoliyati, shaxsiy tayyorgar­
lik, intellektual tayyorgarlik, harakat tayyorgarligi.
15.1. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning
ijtimoiy shart-sharoitlari
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ular­
ning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bolaning mak­
tabda o‘qishga tayyorligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1. Shaxsiy tayyorgarlik.
Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqish­
ning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus
272


o‘rni bo‘lishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish
— o‘quvchi bo‘lish.
Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar aso­
san, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va 
ehtiyoj motivi turlicha bolishi mumkin. «Menga chiroyli for­
ma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi», «Maktabda 
o‘rtoqlarim ko‘p boladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman», 
«Maktabda uxlatishmaydi». Bunday motivlarni bolalarga odatda 
ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz 
bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish 
uchun asosiy sabab bola olmaydi. Ota-onalar, pedagog, tarbi­
yachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarining sing- 
dirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bolib xizmat qila 
oladi. «Men otamga o‘xshagan bolishim uchun o‘qishim kerak», 
«Yozishni juda yaxshi ko‘raman», « 0 ‘qishni o‘rganaman», «Mak­
tabda qiyin misollarni yechishni o‘rganaman» — bunday motivlar 
to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bola oladi.
«
0
‘quvchining ichki pozitsiyasi» bolaning maktab ta’limiga 
tayyorligi ko‘rsatkichi sifatida — psixologik yangi tuzilma bolib, 
kattaroq ijtimoiy mavqeni egallash ehtiyoji, bilish ehtiyojining 
o‘zgarishida namoyon boladi.
ixtiyoriy sohaning rivojlanishi: ixtiyoriy diqqat, ijtiyoriy xotira, 
namuna bo‘yicha, qoida bo‘yicha harakat qilish.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin