Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

16.3. 0 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga
xos xususiyatlari
Ijobiy sifatlar, ehtiyojlar va intilishlar har bir yoshda, jum- 
ladan, ma’lum darajada yoldan ozgan o‘smirda ham b o la­
di. 0 ‘smirlar hamma narsani bilishga qiziqadilar. Ko‘pchilik 
o‘smirlar boshqalardan yomonroq bolishni xohlamaydilar va o‘z 
muhitida ko‘zga tashlanib turishga hamda boshqalardan nimalar 
bilandir farq qilishga intiladilar. 0 ‘smirlarning hammasi g‘ay- 
ratli va faoldirlar, biroq, o‘zlarining kuch-quvvatlarini qayoq- 
qa yo‘naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. Binobarin, 
ularni bevosita natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foy- 
dali va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak. 0 ‘smirlar, garchi 
hamma vaqt ham bunga tayyor emasliklariga qaramay, mustaqil­
likka intiladilar. Ammo ko‘pincha mustaqil ish-harakatlar uchun 
ularning imkoniyatlari bolmaydi. Demak, ularni mustaqil faoli- 
yatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni ishonib 
topshirish hamda muvaffaqiyatli bajarilishini hamma vositalar 
bilan ta’minlash kerak. 0 ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlar 
psixikasida ijobiy tomonlar yetarli darajada mavjuddir. Bu ijobiy 
tomonlardan foydalanib va ularni rivojlantirish, salbiy ishtiyoq, 
mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo‘qotish kerak.
Katta o‘smirlar asta-sekinlik bilan bevosita ishlari va xat- 
ti-harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan k o la 
boshlaydilar. Ularda o‘z-o‘zini tuta bilish, matonat paydo b o la­
di, qarorlari birmuncha qat’iy bola boshlaydi, iroda tarkib to- 
padi. Ular o‘zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan kola
333


ko'proq soglom fikrga asoslanadigan boladilar. Ularning ichki 
kechinmalari va hayajonlari endi irodaviy nazoratga bo‘ysundi- 
rilgan boladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tu- 
fayli ichki kechinmalari va hayajonlari yanada kuchliroq boladi. 
Kattalarga nisbatan qo‘pol munosabatning paydo bolishi, noxush 
xulq-atvor alomatlari, o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart-sha- 
roitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi mavqei, katta­
lar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli 
yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoit- 
larni o'zgartirish yoli bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajrat­
gan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va 
ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. Maktab ta’limi 
o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo'nalishini sifat jihatidan 
o‘zgarishda asosiy omil bolib xizmat qiladi. 0 ‘qish 
0
‘smir­
lar hayotida katta 
0
‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlar- 
ning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan 
o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqish- 
larining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish 
mahoratiga bogliq. 0 ‘qish faoliyati asosida 
0
‘smirning o‘z-o‘zini 
anglash darajasi kengayadi, boshqa odamlar, atrof olam haqida­
gi bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi 
boshlanadi. Bilim olganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bi­
lan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. 
Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar 
o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bogliq 
bolgan holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o‘z ta’siri- 
ni ko‘rsatadi.
Aynan 
0
‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, ba- 
diiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga 
harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sa- 
zovor boladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch baglshlaydi 
va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
334


Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma 
mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv 
jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bi­
lan o'smir nutqining to'g'ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. 
Nutqni o'zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va 
ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
0
‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z 
boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va 
jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini 
anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida at- 
rof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashi- 
ni ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan 
o‘smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivoj­
lanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. 0 ‘smirni ko'pin- 
cha muomalada so'zlarni ishlatish qoidalari — «Qanday qilib 
to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?», 
«Nima deyish kerak?» kabi savollar juda qiziqtiradi. 0 ‘smirlar 
maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchi- 
liklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga 
tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nut- 
qini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham 
nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida 
mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
0
‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq maz- 
muni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bo­
la singari emas, balki katta odamlardek so'zlarni tanlab ishla- 
tishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir 
uchun o'qituvchi, albatta, namuna bo'lishi shartdir. Aynan mak­
tab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat 
jihatidan o'zgarishida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Maktab­
dagi o‘quv jarayonlarining to'g'ri tashkil etilishi va amalga oshiri­
lishi bilan o'smir nutqining to'g'ri rivojlanishiga sharoit yaratila­
di. Nutqni o'zlashtirishga harakat bu o'smirning muomala, bilish 
va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
335


0
‘smirlik davrida o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq 
jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, 
tez va ifodali bolish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib be­
ra olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asarda- 
gi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravish­
da nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki — mulohaza yuritish, 
fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq 
ham rivojlangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu 
bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. 0 ‘smirlarning nutqi 
to la tafakkur bilan bogliq holatida amalga oshiriladi. 5—6-sinf- 
lardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga 
amal qila oladilar. 0 ‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nut- 
qini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. 0 ‘quvchi yozib bayon 
qilayotganida, ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib 
chiqishga, o‘zgartirishga, toldirishga, qaytadan ishlab chiqishga 
majbur boladi.
0
‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar ba- 
jarayotganida o‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu ba­
ho ishning faqat mazmuniga qarabgina berilib qolmasdan, balki 
shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan bayon qilingani- 
ga qarab ham baholanishini oldindan bilib turadi. Mana shu hol- 
larning hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va logika ta­
lablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur 
etadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining 
o‘sishiga ayniqsa katta ta’sir qiladi. 0 ‘quvchilar adabiyot darsla- 
rida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tani- 
shadilar.
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘sti- 
rishda muhim bosqich boladi. 0 ‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri 
tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida ba­
yon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish 
va ayniqsa o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib 
berish tilning grammatika tuzilishini egallashda katta ahamiyat­
ga ega. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni toliq tushuntirib be-
336


rish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotganlarining mazmunigagi- 
na diqqat qaratmasdan, balki qanday qilib yozayotganligiga ham 
e’tibor berishga majbur etadi.
Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa monolog 
nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.
0
‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida 
shu topshiriqni o'ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib 
turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir qiladi. 0 ‘quvchi 
darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni kitobdan o‘qibgina 
qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni 
yopib qo‘yib, o‘z-o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham be­
radi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni gram- 
matika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda ayniqsa, tushunarli 
qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi. 0 ‘qituvchi o‘quvchining ni- 
malarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangi- 
na kifoya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini 
qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor be- 
rishini o‘quvchi yaxshi tushunadi.
0
‘quvchi ovoz chiqarib, aynan yoki o‘z so‘zlari bilan takror- 
lash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, 
o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan 
birga o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkam- 
ligini ham nazorat qiladi.
Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o'qituvchining nut­
qi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi o‘quvchilar 
uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir o'qituv­
chi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini 
takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay intilishi lozim.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin