Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishi-
ga qiziqishi,
fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan il-
lyuziya paydo bo‘ladi. «Xayoldagi auditoriya» fenomeni egotsentrizm
komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi,
u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. 0 ‘smirlik egotsen-
trizmining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afso-
na — bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat
kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm
cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda teng
doshlari bilan o‘z
hissiyotlarini bolishish, ular bilan yaqin ishonchli
munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin.
Men konsepsiyasi — o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi si
fatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisobla
nadi. 0 ‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi
haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xu
susiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini,
o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0 ‘smirlar-
ning o‘zi bilan bogliq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu
o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga,
kattalarning bahosi va
tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bogliq.
Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchi-
liklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu
o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bogliq,
kattalarning
salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsa-
tiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi.
0
‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chi
qishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholash-
ga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim.
0
‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y
beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini
tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini
namoyon qilishga intilish kuchayadi.
,
0
‘z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi
o‘smirning o‘qish faoliyatiga yangicha ma’no beradi, o‘z-o‘zini
356
namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlan
tirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz
insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muam-
mosi bilan bog'liq1. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shax
siy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi.
0
‘zbekistonlik
psixologlarning
0
‘smirlik davri xususiyatlari
borasidagi tadqiqotlariga e’tiboringizni qaratamiz.
G.B.Shoumarovning shogirdi D.R.Rahmonovaning « 0 ‘smir-
larda qo‘rqinch determinatsiyasi xususiy holatlarining tur
li vaziyatlarda rivojlanishi» mavzusidagi ilmiy ishida mehribon-
lik uylarida, oilada va mehnat tuzatish
koloniyalarida yashovchi
o‘smirlarda tadqiqot olib borgan bo‘lib, psixik og‘ishish che-
garaviy zonasining uchta, ya’ni dezintegratsiyalashgan, bi
ologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradi
gan qo‘rqinch determinatsiyasi mexanizmlarini yoritib bergan
va o‘z ilmiy izlanishlariga tayangan
holda shaxslararo muno-
sabatlar jarayonida emotsional zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan
qo‘rqinchning o‘smirlar psixik holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini
ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, qo‘rquv fenomenologiyasi uni
tashkil
etuvchi biologik, ijtimoiy va dezintegratsion komponent-
larga bog‘liqdir. Muallif dezintegratsion qo‘rquv deganda o‘smir
emotsional sohasiga jiddiy rezonans olib keluvchi xayoliy sub-
yektiv idrok etilgan xavf-xatarning shaxsda mavjudligini nazarda
tutib, ushbu qo‘rquv biologik hamda ijtimoiy qo‘rquv xususiyat
larini va uning darajalarini aniqlashda sababiy omil hisoblanishi-
ni ta’kidlaydi2. D.R.Rahmonova qo‘rquvning
ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini yoritib berar ekan, oiladan tashqaridagi o‘smirlar-
da emotsional namoyon bo‘lishiga hamda shaxsning psixik ho-
latlari ko‘rsatkichlariga ko‘ra oilada tarbiyalanayotgan o‘smir-
Dostları ilə paylaş: