Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

18.3. Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning
ijtimoiy shart-sharoitlari
Bu yosh davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati insondan 
ishlab chiqarish sohasiga, mehnat faoliyati sohasiga, o‘z oilasi- 
ni qurish va farzandlar tarbiyalashga faol kirishishni talab etadi. 
Yetuklik davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati ichki tomon­
dan mustaqillikka intilish, mas’uliyat hissining kuchayishida 
ifodalanadi. 0 ‘z hayoti va yaqinlarining hayoti uchun shaxsiy 
mas’uliyatni anglash, bu mas’uliyatni qabul qilishga tayyorlik
— yetuklik davridagi rivojlanish ijtimoiy vaziyatning asosiy ke- 
chinmasidir.
A.N.Leontev, D.B.Elkonin tomonidan bolalik davri uchun 
ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat haqidagi tasavvurlar yetuklik 
davrida uning ma’nosini chuqurroq tushunishni talab qiladi.
Yetuklik davrida faoliyatning yetakchi tipi mehnat hisoblana­
di. Akmeologiya nuqtayi nazaridan aniqlanishicha, nafaqat jami­
yatning ishlab chiqarish faoliyatiga kirishish, bunday faoliyatda 
insonning kuchlarini maksimal darajada foydalanish nazarda tu- 
tiladi1. Shunday qilib, insonning turli faoliyat sohalarida - jis­
moniy, axloqiy, intellektual, kasbiy sohalarida yuksak yutuqlarga 
erishishga intilishi nazarda tutiladi.
18.4. Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi
Yetuklik davrida shaxsning rivojlanishi psixologiyadagi kam 
o'rganilgan muammolardan biridir. Masalan, psixoanalitik na- 
zariyalar shaxs anomaliyalariga, patologik variantlariga e’tibor 
qaratadi. Norma kasallik belgilarining yo'qligi sifatida qarala- 
di. Boshqa yo‘nalish, gumanistik psixologiya vakillari o‘zligini 
namoyon qilgan mashhur shaxslarni absolutlashtiradi.
1 Бодалев A.A. 
Bepshima в развитии лисЬности взрослого сЬеловека.—
М.:1998.С.17.
416


N.A.Ribnikov 1920-yillarda katta odamlarning rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rganadigan yosh psixologiyasi sohasini akme- 
ologiya deb atagan. Bu g‘oya so‘nggi 10 yillikda akmeologiyaning 
insonni yetuklik davridagi rivojlanish mexanizmlari, qonuniyat- 
lari va mexanizmlarini o‘rganadigan mustaqil ilmiy fanga aylani- 
shiga sabab boldi. Akmeologiya insonning individ sifatida, shaxs 
sifatida faoliyatning talantli subyekti sifatida, individuallik sifa­
tida ota-ona, fuqaro, turmush o'rtoq, do‘st sifatida shakllanish 
sharoitlari, yollari va usullarini o‘rganadi.
A.A.Bodalevning ta’kidlashicha, yetuk inson «rivojlanishida- 
gi cho'qqi», yetuklik cho‘qqisi sifatida а к т е fenomeni — ko‘p 
0
‘lchamli holat bolib, variativ va o'zgaruvchandir turli yosh 
davrlarida cho‘qqiga turlicha erishiladi1. Inson hayot yolini ku­
zatish cho‘qqiga erishishda har bir yosh davrining (go‘daklik, 
ilk bolalik, maktab yoshidagi davri va h.k.) inson b o lg ‘usi mak- 
roakmesining namoyon bolish shakllari va mazmuniga tayyor- 
lanishda katta ahamiyatga ega. Fan va madaniyatda buyuk iz 
qoldirgan mashhur insonlarning hayotini o‘rganish hayotining 
har bir bosqichida mikroakmelar namoyon bolganligini kuza­
tish mumkin.
Turli insonlardagi akmelarni solishtirishdan shu narsa 
aniqlandiki, uning namoyon bolishi lokal (bir faoliyat doirasida) 
va keng (ko‘p sohalarda) bolishi mumkin (misol sifatida Leonar­
do da Vinchi va M.V.Lomonosovni olim-ensiklopedist va san’at 
arbobi sifatida keltirish mumkin). Inson tomonidan akmega eri- 
shishga yordamlashuvchi yoki unga xalaqit beruvchi bir necha 
omillarni ko‘rsatish mumkin:
— 
Ijtimoiy makroomillar (jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy omil- 
lar, shaxs yashagan tarixiy davr, ijtimoiy kelib chiqishi, aniq ijti­
moiy vaziyat, insonning yoshi, jinsi);

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin