— Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga
ega. Birinchi bosqich - funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojla
nish bolib — tugllgandan ilk yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi.
Ikkinchi bosqich — psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashu-
vi — 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bola boshlaydi. 30 yosh-
da ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahorat
evaziga ustunlik qiladi.
— Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi
qarama-qarshi va murakkab strukturaga ega bolib, bilish qo
biliyati va alohida funksiyalar funksional darajasining susayishi,
barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining almashishini (bir-
galikda kelishini) kuzatish mumkin.
Aniqlangan qonuniyat ney-
rodinamik, psixomotor xarakteristikalarga verbal va noverbal in
tellekt, xotira kabi oliy psixik funksiyalarga xosdir.
— Rivojlanishning geteroxronligi (bir xilda kechmasligi) — in
sonning individ, shaxs va faoliyat subyekti sifatida yutuqlari va
rivojlanish darajasi mos kelmaydi.
Bilish funksiyalarining dinamikasi.
17 yoshdan 50 yoshgacha
bolgan davrda verbal va noverbal intellekt rivojlanishi bir xilda
kechmaydi.
Ilk yetuklik davrida (18—25 yosh) psixik funksiyalarning
kuchli rivojlanishi xos. Xotira,
diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy
siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 33—35 yoshda
kuzatiladi. 35 yoshgacha inson intellektual faoliyati funksion
al asoslarining bir butunligi davom etadi. 30—33 yoshda diqqat,
xotira, tafakkur kuchli rivojlanadi, 40
yoshlarda ular birmuncha
susayadi. 41—50 yoshda 36—40 yoshga nisbatan tafakkur ham
birmuncha susayadi.
Ko‘pchilik soha vakillari uchun 35—39 yosh ijodiy faollik
uchun o‘rtacha maksimum yosh hisoblanadi. Aniqroq to‘xtala-
digan bolsak, matematik, fizik, ximik kabi aniq fanlarda ijodiy
cho£qqiga erishish 30—34 yosh, geolog, vrachlarda 35—39 yosh,
psixolog, faylasuf va siyosatchilarda birmuncha kechroq 40—55
yoshlarda kuzatiladi.
423
Kattalarda bilish funksiyalarining
saqlanishiga qadriyatlar
yo‘nalganligi katta ta’sir ko'rsatadi1. Hayotning turli sohalarida
yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni izlash, erishilgan natija bi
lan cheklanmaslik, obrazli tafakkur rivojlanish darajasiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish, maxsus
adabiyotlarga doimiy murojaat
qilish verbal-mantiqiy, amaliy va
obrazli tafakkurning rivojlanishiga olib keladi.
51—55 yoshda ham tafakkurning har xil turlarining, diqqat
va xotiraning rivojlanishiga kasbiy faoliyatdagi bilishga faol in
tilish, bo‘sh vaqtda ham nimalarnidir o‘rganishga intilish ijobiy
ta’sir qiladi.
Kattalarning intellektual potensialini
optimallashtirishning
muhim omillari quyidagilardir: ma’lumoti darajasi (oliy, texnik,
gumanitar, o‘rta maxsus va h.k.); ta’lim — individual va tashkiliy
bilish jarayoni sifatida; kasbiy faoliyat turi; mehnat faoliyati xa-
rakteri (aqliy zo‘riqishga ehtiyoj, ijodiylikning mavjudligi) va b.
Yetuk insonlar intellekti saqlanishi bilan bir qatorda uning
strukturasida sifat jihatidan qayta o‘zgarishlar sodir boladi. So‘zli
matnlarni umumlashtirish ustunlik qiladi.
Intellekt rivojlanishida
yangi bolishi mumkin bolgan bosqich — muammoni o‘zi qo‘ya
olishidadir.
Uzoq muddatli xotirada verbal esga tushirish keksalik davri-
gacha o'zgarmaydi, reaksiya tezligi, qisqa muddatli xotira, qayta
esga tushirish birmuncha susayadi. Shunga qarmay kasbiy xoti
raning takomillashishi mnemik funksiyalarning
umumiy susayi-
shi bilan mos kelmasligi mumkin.
So‘nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarda aniqlanishicha,
yetuklik davridagi insonlarning kognitiv rivojlanishi tugallan-
maydi, lekin kattalarning aynan qanday qobiliyatlari qanday qilib
o‘zgarishi haqida umumiy fikrga kelinmagan. Bunda ayrim olim-
lar «dialektik tafakkur va mustaqil tanlangan pozitsiya va mas’u-
Dostları ilə paylaş: