Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Сабирова А.Б. Особенности субъективности и эмоциональной сферы



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Сабирова А.Б. Особенности субъективности и эмоциональной сферы
человека на поздних этапах онтогенеза: Автореф. дис. ... канд. психол.
наук. - Т., ТГПУ. 2009. - 22 с.
445


hissiy o‘z-o‘zini boshqarishning obyektiv indikatori ekanidan 
dalolat beradi. A.B.Sabirova o‘z tadqiqoti natijasida qarilik va 
keksalik davrida shaxsiy xavotirlanish o‘rtasida ahamiyatli dara- 
jadagi farq namoyon bolganini ko'rsatib, bu holatni quyidagicha 
izohlaydi: qarilik davrida insonlar kuchli emotsional zo‘riqishni 
boshdan kechiradilar va bu holat ulardagi normal hayotiy tuzil- 
malarning buzilishiga olib keladi. Keksalik davrida esa shaxs bi­
lan bog‘liq xavotirlanishning susayishi qarilik davriga nisbatan 
xulq-atvor strategiyasining ishlab chiqilganligiga asoslanadi va bu 
holat ulardagi emotsional hayajon reaksiyasini susaytiradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Gerontopsixologiya nimani o‘rganadi?
2. Keksalik haqida qanday nazariyalarni bilasiz?
3. Keksalik davrida shaxsiy inqiroz nimalarda namoyon b o la­
di?
4. Keksalik davrida yetakchi faoliyat.
5. Keksalikning qanday tiplarini bilasiz?
6
. Keksalik davrida bilish jarayonlaridagi o‘zgarishlar.
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:
1. Keksalik davrini o‘rganadigan psixologiya sohasini belgilang.
a) zoopsixologiya;
b) differensial psixologiya;
c) patopsixologiya;
*d) gerontopsixologiya.
2. Demensiya — bu....
a) 
qarilik va keksalik davrida shaxsiy xavotirlanish o‘rtasida 
ahamiyatli darajadagi farq;
*b) keksalik boshlanishi bilan bogliq shaxs o'zgarishlari, am- 
neziya, bilish nuqsonlarini o‘z ichiga olgan buzilishlarning bir 
butun kompleksidir;
c) 
keksalik davrida esa shaxs bilan bogliq xavotirlanishning 
susayishi;
446


d) miya qon bilan ta’minlanishining o‘tkir buzilishidir.
3. Senil demensiya — ....
*a) inson tafakkurining adekvatligida namoyon boladigan mi- 
yaning organik kasalligidir;
b) o‘z oilalarida va faol hayot tarzini olib borayotgan keksa­
larda namoyon boladi;
c) inson sog‘lig‘ining umumiy yomonlashuvi, ma’lumot dara- 
jasining quyiligi;
d) bilish faoliyati motivatsiyasining mavjud emasligi.
4. Alsgeymer kasalligi —....
a) bilimlar, fikrlar va maslahatlarning yuksak darajasi bilan 
ajralib turadi;
b) donolik bilan bogliq bilimlar shunchalik keng va chuqurki, 
ularni maxsus vaziyatlarda qollash mumkin;
c) bilish faoliyati motivatsiyasining mavjud emasligi;
*d) keksalarda bosh miya po'stlogl hujayralarining buzilishi 
kuzatiladi.
5. Keksalik davrida paydo bolgan yangi psixologik tuzilma -
a) mustaqil fikrlash;
b) dunyoqarashning shakllanishi;
*c) bu hayotiy donishmandlik hamda ruhning chuqur qatlam- 
lari bilan yashash qobiliyatidir;
d) refleksiya, identifikatsiya, empatiya.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin