Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

SO‘Z BOSHI
Tarixga nazar tashlaydigan boMsak, o‘zbek xalqi ta’lim-tarbiya 
sohasida o ‘ziga xos maktab yaratgan. Zaminimizda zardushtiylik dini 
hukm surgan paytda ham m a’lum pedagogik mafkura mavjud boMganini 
«Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalari mazmunidan 
bilamiz.
Xalqimizning 
madaniy-ma’rifiy 
taraqqiyoti 
asrlar 
davomida 
rivojlanib, takomillashgan va bu jarayonlar xalq pedagogikasida o ‘z 
aksini topa borgan. Bu haqda yurtboshimiz «Yuksak m a’naviyat -
yengilmas kuch» asarida bizning ulug‘ ajdodlarimiz o ‘z davrida komil 
inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda 
aytganda sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash 
joizligini ta’kidlaganlar. Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining 
turli davrlar mobaynida turmush faoliyati jarayonida to‘plagan boy 
tajribalari, axloqiy, m a’rifiy, m a’naviy yetuklik borasidagi qarashlari va 
xulosalarini ifodalaydi, etnologiya, etnografiya, etnopsixologiya va 
etnopedagogika, qadrshunoslik, qadimshunoslik (arxeologiya), uduni- 
shunoslik va xalq og‘zaki ijodining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi, 
ulardagi axloqiy-ma’rifiy g‘oyalami o ‘rganadi. Xalq pedagogikasi asrlar 
davomida minglab avlodlami tarbiyalash jarayonida yuzaga kelgan 
ilg‘or axloqiy g‘oyalar va tajribani o ‘zida umumlashtirgani uchun faqat 
tarixiy-madaniy qadriyat sifatidagina emas, balki zamonaviy ta’lim- 
tarbiya tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyatga egadir.
Jamiyatimizda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’ri- 
fiy o‘zgarishlar o ‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi 
darajasini oshirishni taqozo etayotgan bir paytda ta’lim-tarbiya borasida 
xalqimiz yaratgan pedagogik qarashlar va g'oyalar, milliy odob-axloq 
an’analari, milliy qadriyatlami aks ettiruvchi xalq pedagogikasini ilmiy 
o ‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish hamda kelgusi 
avlodga yetkazish bugungi kunning muhim va dolzarb masalasidir.
Mazkur o'quv qoMlanma aynan shu masalalarni keng va atroflicha 
yoritishga moMjallangan. 0 ‘quv qo'llanmada xalq pedagogikasi fanining 
mazmun-mohiyati, tadqiqot obyekti, manbalari, maqsadi va vazifalari, 
jamiyatimiz hayotida ushbu fanning tutgan o ‘rni va amaliy ahamiyati 
keng qamrovli yoritilgan. QoMlanmada xalq pedagogikasi manbalariga
3


kiruvchi xalq og‘zaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahamiyati, milliy urf- 
odatlar, an’analar, udumlar, xalq o ‘yinlari va o ‘yinchoqlari, bayram va 
marosimlarning tarbiya vositasi sifatidagi o ‘rni, xalq pedagogikasida 
oila tarbiyasi, yoshlami tarbiyalashning metod, usul va vositalari, islom 
dinining odob-axloq, ilm-fan haqidagi ta ’limotlari, xalq pedagogikasida 
xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy m e’morchilik, milliy 
musiqa, qo'shiqchilik, raqs san’ati va milliy teatrlarning axloqiy 
tarbiyadagi o ‘mi, o ‘zbek xalqining muomala madaniyati, axloqiy 
m e’yorlari, xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog‘lom 
turmush tarzi masalalari alohida boblarda o ‘z aksini topgan.
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari va xalq 
tarbiyaviy 
an’analaridan 
o ‘quv-tarbiyaviy jarayonda 
foydalanish 
masalalari ham yoritilgan.
Shuningdek, har bir mavzudan keyin nazorat savollari, matnli 
topshiriqlar, «Bilasizmi?» va «Bu qiziq!» ruknlarida mavzu bo‘yicha 
qiziqarli m a’lumotlar berilgan.
Muallif.



Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin