9
Umumdavlat moliyasi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining
ma`lum sur`atlarni ta`minlashda, moliyaviy rеsurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va
mamlakat hududlari o’rtasida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari
o’rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o’rtasida
qayta taqsimlashda yetakchi o’rin egallaydi.
Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul
fondlarini, jamg’arish va istе`mol fondlarini soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari,
davlat krеditini qo’llash bilan shakllantirishga ta`sir o’tkazadi.
Dostları ilə paylaş: