Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
O

39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida 
zarar yetkazish 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish 
maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur 
bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb 
topilmaydi. 
 LexUZ sharhi 


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-
bandining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha 
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 24-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast 
yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi. 
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan 
shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos 
kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga 
qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga 
yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning 
ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va 
imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlar hisobga 
olinadi. 
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar 
ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 222-
moddasi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin