48
6.
Matning abzaslarga noto‘g‘ri ajratilishi
yoki alohida abzas
larning
qo‘shib yuborilishi nutq mantiqiyligiga qanday ta’sir etadi?
50-mashq.
«Men nechun sevaman O‘zbekistonni?» mavzusida in-
sho yozing. Unda mazmuniy,
mantiqiy va kompozitsion
bog‘lilikni ko‘rsatadigan vositalarning ishtirokiga alohida
diqqat qiling.
NuTqNINg sOfLIgI
Topshiriq.
Berilgan gaplarni o‘qing, nutqning sofligi sifatiga putur
yetkaz
gan vositalarni aniqlang.
1. Sizlarnikidaqa situatsiyada har qanday
bola ham bunday natijalarga
eri sholmaydi.
(Jurnaldan) 2. Viktorinaga qatnashish jarayonida bir g‘oya
tug‘ildi.
(Gazetadan)
Nutqning sofligi nutqning adabiy til va jamiyatdagi ma’naviy-ax-
loq qoidalariga yot bo‘lgan unsurlardan xoliligi bilan belgilanadi.
Kishi nutqining sofligi uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy
saviyasini namoyon etadigan ko‘rsatkichlardan biridir.
Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiy-
lari quyidagilardan iborat: 1) shevaga xos so‘z, ibora, grammatik
shakllar, urg‘u
va talaffuz; 2) o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z
birikmalari (varvarizmlar); 3) dag‘al, haqorat so‘z va iboralar (vul-
garizmlar); 4) «ishlamaydigan» yoki parazit so‘zlar; 5) idoraviy so‘z
va iboralar (kanselyarizmlar).
Nutq tuzuvchi o‘z nutqining sofligi haqida qayg‘urar ekan, al-
batta, mazkur unsurlarni qo‘llashdan tiyilishi lozim.
52-mashq.
Gaplarda nutqning sofligiga ta’sir qilayotgan birliklarni
aniqlang va ularga izoh bering.
1. Hamqishloqlarning bu bolaga ichlari achir,
xudo bergan birgina
o‘g‘ilni shunchalik qiynab qo‘yganlari uchun orqavarotdan uning ota-onasini
49
tanirdilar.
(N. Abdiyeva) 2. Qonun loyihasiga ko‘ra, energetik ichimliklarni
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya
qilish fuqarolarga eng
kam ish haqi ning besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima so-
lishga sabab bo‘lishi mumkin.
(Gazetadan) 3. Maktabi
mizda
yuqori sifatga
ega «smart-class» tashkil qilindi.
(M. Najmiddinova) 4. Shundan buyon
mundial saralashidagi omadsizlik termamizni tark etmayapti.
(Gazetadan)
5. Bu yerda esa overtaymlarsiz ish bitmadi: 2:2 ko‘rinishidagi durangdan
so‘ng bolqonliklar hal qiluvchi golni urishdi.
(Gazetadan) 6. Bu nutq
matbuotga chiqishiga qadar esa Messi o‘zi
uchun odatiy shedevr gol
urishga ulguradi.
(Gazetadan) 7. Tez orada hammaning og‘ziga tushgan
15 yoshli vunderkind bilan uchrashdi.
(Gazetadan)
Dostları ilə paylaş: