Ona tili-11 sinf indd


Yigit musichadek beo- zor ekan



Yüklə 3,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/95
tarix21.09.2023
ölçüsü3,79 Kb.
#146387
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95
Ona tili 11 sinf

 
Yigit musichadek beo-
zor ekan
 
o‘xshatishida
 
yigit o‘xshatiladigan narsa,
 
musicha
 
o‘xshatish
etaloni, beozor
 
o‘xshatish asosi, -dek qo‘shimchasi esa o‘xshatishning 
shakliy ko‘rsatkichidir. 


88
O‘xshatishlarning ikki turi farqlanadi: 1) erkin o‘xshatishlar; 
2) tur g‘un (doimiy) o‘xshatishlar.
Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi nazaridan 
er 
kin o‘xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vosi-
talardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi 
o‘zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil origi-
nal o‘xshatishlar yaratadi, bu o‘xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi 
bilan o‘quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy holat, 
xususiyat, predmetlarni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalanti-
radi. Masalan,
 
Miryoqub ikki kishining pichirlashib gaplashganini 
eshitdi, yuragi objuvoz likopiday ura boshladi (Cho‘lpon) gapidagi 
o‘xshatish – yozuvchining o‘z ijodi mahsuli. Mana bu o‘xshatish-
lar ham erkin badiiy o‘xshatishlardir:
 
Maydalab o‘rilgan sochlardek 
egatlarga taralgan suvlar – nay ko‘ksidan oqayotgan ohanglar kabi 
sirli-sirli jildiraydilar (Ismoil To‘lak).
Turg‘un o‘xshatishlarda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz 
barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs 
yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqtlar o‘tishi bilan 
til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan, 
umumxalq tilidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar 
xuddi tildagi tayyor frazeologik birliklar kabi nutqqa olib kirila-
di. Masalan, Uning bu xislati ham hammaga otning qashqasiday 
ma’lum

Yüklə 3,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin