Kredit 21302
TB “B”
Tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish
va bu vakillik hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish har bir kelib tushgan
yozuvning qayta ishlash jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun
barcha to‘lov hujjatlari bir vaqtning o‘zida 27416 hisobvarag‘ining ham debeti,
ham krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Bu hol har bir operatsiya bo‘yicha va mos ravishda kun yakunlari bo‘yicha
27416 - hisobvarag‘ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi.27416 – hisob
raqamining 0 ga yopilishi tijorat banklari o‘rtasida hisob-kitoblarning
muvaffaqiyatli yakunlanganligini ko‘rsatadi.
Turli tipdagi bosh tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha
chiqariladigan ko‘chirmalarda 27416 – shaxsiy hisobvaraqda va hudud ichidagi
o‘tkazmalar jurnalida aks ettiriladi.
Hisob-kitob markazidan elektron to‘lov mablag‘ oluvchi Bosh bankka
o‘tkaziladi. Banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov Bosh bankka kelib
tushganda dasturiy yo‘l bilan quyidagi yozuvlar bajariladi:
Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan
hisobvaraqlar”B filial
Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” B bank
9-MAVZU.BANKLARDA KASSA OPERATSIYALARI HISOBI REJA: 1 .Banklarda kassa operatsiyalarini tashkil qilish, bank kassalarining turlari. 2. Kirim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati. 3. Chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati. 4. Kechki kassalarning faoliyati; pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi. 5. Valyuta ayirboshlash shaxobchalaridani naqd pullarning hisobini