Nerv (asab) sistemasi bosh sahifa Nerv sistemasining ahamiyati



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix21.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
NERV SISTEMASI

po'stlog'ida oliy Derv
markazlariniDg joylashuvi:
1- hid bilish; 2- yozuv (o'ng qo'l); 3-
siypalash (o'ng qo'I); 4-eshitish; 5-
gapirish; 6-hisoblash; 7- o'qish; 8-
ko'rish; 9- siypalash (chap qo'l); 10-
ohang, intonatsiya; 11- oriyentirlash
(o'zi turganjoyni aniqlash); 12-
geometrik shakllami aniqlash
markazi.
bir-biri bilan bog'laydi. Bu zonalar sezgi va harakatlanish a'zolaridan
kelgan ta'sirni analiz va sintez qiIadi.
Bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismi odam oliy nerv
faoliyatining flziologik asosi hisoblanadi. Odamning flkrlashi, ongi,
o'zlashtirishi, eslab qolishi, boshqalar bilan muomala qilishi,
madaniyati, bilim olishi, hunar o'rganishi, murakkab harakatlarni
bajarishi miya po'stlog'ining faoliyatidir.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi
nerv markazlari joylashgan. Chunonchi, po'stloqning ensa qismida
ko'rish, chakka qismida eshitish, peshana qismining ostki ichkari
sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida
harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari
joylashgan (10- rasm). Miya po'stlog'i markazlaridaginerv hujayralari
bosh miyaning pastki qismi va orqa miyadagi nerv markazlari bilan
maxsus nerv yo'llari orqali bog'langan. Bu nerv markazlari esa o'z
navbatida ishchi a'zolar (ko'z, quloq, muskullar va hokazo) bilan nerv
tolalari orqali bog'langan. Shuni ta'kidlash kerakki, har bir a'zo nerv
markazining miya po'stlog'ida egallagan o'rni uning ish faoliyati
muhimJigiga qarab har xil bo'ladi. Masalan, odamning kundalik
hayotida uning qo'l panjalari juda ko'p vazifani bajaradi. Shuning
uchun ularning harakatini boshqaruvchi nerv markazi miya
po'stlog'ida, hatto ko'krak, qorin, yelka qismlarining markaziga
nisbatan ham kattaroq joyni egallaydi.
Yarim sharlar po'stlog'idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi nerv yo'llari bosh miyaning
quyi qismida kesishadi. Buning natijasida chap yarim shardagi nerv markazlari odam tanasining o'ng
tomonidagi to'qima va a'zolar, o'ng yarim shardagi nerv markazlari esa tananing chap tomonidagi to'qima
va a'zolar ishini boshqaradi.
Bosh miya yarim sharlarining ichki (po'stloq osti) qismi oq moddadan iborat bo'lib, u miya po'stlog'idagi
nerv hujayralarining o'simtalaridan tashkil topgan. Ular miya po'stlog'ining turli qismlaridagi hujayralarni,
ya'ni nerv markazlarini bir-biri bilan va bosh miyaning quyi qismidagi (miya stvolidagi) markazlar bilan
bog'laydi.
Ma'lumki, gapirish qobiliyati barcha tirik mavjudotlar ichida odamda rivojlangan. Shuning uchun ham
gapirish markazining joylashishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy gapirish markazi chap yarim shar
po'stlog'ining chakka qismida joylashgan. Bu joydagi miya to'qimasi zararlansa, odam gapirish qobiliyatini
yo'qotadi. O'ng yarim shar po'stlog'ining chakka qismida gapga ohang, intonatsiya berish markazi
joylashgan. Bu markaz zararlansa, chap yarim shardagi gapirish markazi orqali odamning gapirish qobiliyati
saqlanaveradi, lekin gapining ohangi, intonatsiyasi bo'lmaydi, ya'ni gap qo'pol bo'ladi. Bunday odam oldin
eshitgan musiqalarni unutib qo'yadi, ya'ni musiqa ohangi farqini bir¬biridan ajrata olmaydi.
Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan oliy nerv markazlari odam
tanasining barcha to'qima va a'zolari ishini boshqaradi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin