434 masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix22.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#146650
  1   2   3   4   5   6   7
TA\'LIM FIDOYILARI-2023-May-1-qism-434-443



434 
MASALALAR YECHISH ORQALI BOSHLANG’ICH SINF 
O’QUVCHILARINING MATEMATIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH 
Jo`lanov Doniyor Qulmurodovich
Navoiy davlat pedagogika instituti 
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi 
Ulug’berdiyeva Gulchehra Aliqulovna 
NDKTU akademik litseyi oliy toyifali o’qituvchisi 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
matematik qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi xususida so’z borgan. 
 
Kalit so’zlar: 
masala, matematik qobiliyat, sodda, tarkibli, o’quvchi, axborot, 
ko’nikma, malaka 
Аннотация 
В данной статье идет речь об эффективности развития математических навыков 
учащихся начальной школы посредством решения задач. 
 
Ключевые слова: 
задача, математическая способность, содержателная, 
учащийся, информация, умения, навыки. 
Annotation 
This article deals with the effectiveness of the development of mathematical skills of 
elementary school students through problem solving. 
Key words:
task, mathematical ability, meaningful, student, information, skills, 
qualification 
Respublikamizda Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi 
tasdiqlandi, yoshlar ta’lim – tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan 
kompleks chora – tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, 
umumiy o’rta ta’limda masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan 
o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda 
ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi. 
Matematik masalalar yechish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham etib 
bo’lmaydi. Masalalar yechishning boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan u yoki bu nazariy 
materiallarni o’zlashtirish o’quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim 
rol o’ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so’z har bir yangi 
tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam 
beradigan uning qo’llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan amalga 
oshadi. 
Boshlang’ich sinf matematika darsligida masalalar sodda va tarkibli masalalarga 
ajratiladi. Sodda masalalar bitta amal bilan yechish mumkin bo’lgan masalalar jumlasiga 


435 
kiritiladi. Bir nechta sodda masaladan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal 
yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi. Sodda masalalar 
o’quvchilarda tarkibli masalalarni yechish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, malakalar va 
ko’nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning 
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo’lib odatda o’z ichiga ayrim 
bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil 
murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning 
bu usullarini o’rgatish matematika fanini o’qitishning muhim maqsadlaridan biri 
hisoblanadi. Masalalarni yechishda predmetga bo’lgan qiziqish rivojlanadi, umuman 
mustaqil erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi. 
O’quvchilarga tarbiya berishda ham hayotiy masalalar fikr doiralarini kengaytirishga 
yordam beradi.
Boshlang’ich sinflarda masalalarni o’rganish yangi tushunchalarni shakllantirish, 
sodda masalalarni yechishdan tarkibli masalalarni yechishga o’tish yordamida amalga 
oshiriladi. Bunda qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lishga doir masalalar ya’ni, bir xil 
qo’shiluvchilarning yig’ndisini topishga, teng bo’laklarga bo’lishga, sonni bir necha 
kattalashtirishga yoki kichiklashtirishga, sonlarni taqqoslashga, amallarning noma’lum 
komponentlarini topishga doir sodda masalalar shuningdek turli tarkibli masalalar shu 
jumladan keltirib yechiladigan masalalar, ikki ko’paytuvchining yig’indisini topishga doir 
va unga teskari masalalar yig’indisini so’ngira ko’paytirish bo’lishga keltiriladigan va 
boshqa masalalarni ko’rib chiqamiz. 
Agar berilgan masala o‘zining tarkibliligi bilan sinfda yechilgan masalalarga mos 
yoki o‘xshasa u holda o‘quvchilar taklif qilingan masalaning yechilish yo‘lini mustaqil 
topishga o‘rgatish kerak. Shu maqsadda o‘quvchilar masalalar yechishga yaqinlashishning 
eng sodda umumiy usullarini egallashlari lozim. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin