1-laboratoriya ishi.
Chiziqli algoritmlar.
Ishning
maqsadi
Talabalarga chiziqli algoritmni tasvirlashni masalalar
yordamida
oʻrgatish.
Kutilayotgan natija:
Talabalarga chiziqli algoritmni tasvirlashni oʻrganish.
Vositalar:
Python dasturlash tili oʻrnatilgan kompyuterlar.
Nazariy materiallar:
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishi, ya’ni bajarilish tartibiga koʻra
uchta
asosiy turga boʻlinadi: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
Chiziqli algoritm
deb, barcha koʻrsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-
ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
Bunga qoʻshish yoki koʻpaytirish natijalarini hisoblash,
bir nechta
oʻzgaruvchilar qiymatlarini almashtirish,
choy damlash, doira yuzini hisoblash
kabilarni misol sifatida keltirish mumkin.
Chiziqli tuzilish bir chiziq boʻylab
joylashgan, ketma-ket bajariladigan
koʻrsatma (buyruq)lar toʻplami koʻrinishida boʻladi
va ular algoritmda qanday
tartibda yozilgan boʻlsa, aynan shu tartibda bajariladi.
Chiziqli algoritmni ifodalash uchun quyidagi tuzilmadan foydalaniladi:
Chiziqli algoritmlar algoritmlarning eng sodda va oddiy koʻrinishi hisoblanadi.
Unda bajariladigan amallar ham buyruqlar ham buyruqlar ham qanday tartibda
berilgan boʻlsa shunday tartibda ketma-ket bajari- ladi.
Chiziqli tuzilishga ega
boʻlgan algoritmlarda koʻrsatmalar yozilish tartibida bajariladi. Ularning blok-
sxemalari ishga tushirish, toʻxtatish, kiritish,chiqarish jarayoni blok hamda avvaldan
ma’lum jarayon bloklari yordamida tuzilib, bir chiziq boʻylab ketma-ket joylashgan
boʻladi.
Chiziqli tuzilishdagi algoritmni tuzish masalani
yechish uchun kerak
boʻladigan boshlangʻich ma’lumotlarni tashkil qiluvchi oʻzgaruvchilar nomi,
ularning turi va oʻzgarish koʻlamini aniqlashdan boshlanadi. Keyin oraliq va
yakuniy natijalar oʻzgaruvchilarining nomla- ri, turlari va mumkin boʻlsa oʻzgarish