57
bo‗lsa ham, xeronliklarning vatanparvarligi keyinchalik
uzoq yillar davomida
tillarda doston bo‗lib yurdi.
Xeron tarixiy voqealarga boy shahar bo‗lgani uchun ham uning odamlari
ko‗proq o‗tmish haqida qiziq-qiziq hikoyalar so‗zlashga odatlanib qolgan edilar.
Mana shunday tarixiy voqealarni bolaligida Plutarx ko‗p tinglardi. Balki o‗tmish
sarguzashtlarining ta‘siridadir, Plutarx ulg‗ayganda o‗z-shahrining va umuman
grek xalqining tarixiga hayrat bilan qaray boshladi. Xeronni juda sevardi. U qasrda
bo‗lmasin, bu shahar bilan qalban bog‗lanib turardi.
Plutarx sayohat qilishni yaxshi ko‗rar, o‗zga xalqlar-o‗tmishiga ham qiziqish
bilan e‘tibor berardi. Keyinchalik u Afinadagi adabiy hayot bilan yaqindan aloqa
bog‗laydi. Madaniyat markazi bo‗lgan bu shaharda grek donishmandlari asarlarini
berilib o‗qiydi. Qadimiy tarixga ega bo‗lgan, ilm-ma‘rifat maskani Afina shahri
Plutarx dunyoqarashiga katta ta‘sir o‗tkazadi. Zamonasining ilg‗or fikrli faylasufi
Ammon Sakkas bilan yaqin aloqada bo‗ladi. U bilan birga ko‗p o‗tmay
Kichik
Osiyo, Gresiya, Italiya sayohatiga jo‗naydi. Bu sayohat davomida Plutarx ko‗pgina
sirli voqealarning, g‗aroyib sarguzashtlarning guvohi bo‗ladi.
Afinada u falsafa ilmini chuqur o‗rgatuvchi Ammoniya maktabiga qatnaydi.
Bu maktabga u o‗zining dastlabki ijod mashqlari bilan ishtirok etadi. Eramizning
60-yilida u zamonasining ma‘rifatli kishisi, tarixchi Neron bilan Gretsiya bo‗ylab»
sayohatga chiqadi.
So‗ngra Makedoniya safari chog‗ida Aleksandriya shahriga boradi. Plutarx
bu shaharda bo‗lganida Aleksandr Makedonskiy haqida ko‗plab rivoyat va
hikoyatlar eshitadi. Aleksandr tarixi bilan yaqindan qiziqadi. U haqda asar yozish
niyatida fakt va materiallar to‗play boshlaydi. Eramizning 90
yillarigacha Plutarx
Italiya yerlarida, xususan Rimda bo‗ladi. Rimdagi adabiy hayot uni yangi ijod sari
undaydi, u lotin tilini o‗rganishga kirishadi. Biroq davlat ishlari bilan band
bo‗lganligi tufayli u uzoq, yillar bu tilni o‗rgana olmaydi. Faqat keksaygandagina
lotin tilida yozilgan asarlarni o‗qishga muyassar bo‗ladi.
Plutarx juda chuqur ilm sohibi edi. Uni qomuschi adib desak ham bo‗ladi.
Shu bilan birga,
u sermahsul yozuvchi, katta talant egasi edi. Keksalik chog‗ida
Plutarx yana ona shahri Xeronga qaytib boradi. Mazmunli umr kechirib,
eramizning 127 yilida vafot etadi.
Plutarxning adabiy hayot yo‗li dramatik voqealarga nihoyatda boy. Uning
ko‗pgina asarlari bizgacha yetib kelmagan. Plutarxning o‗limidan so‗ng uning
asarlarini o‗g‗li Lampriyem to‗playdi. Uning aytishicha, otasining asarlari 210
tadan ziyod bo‗lgan.
Plutarx asarlarini ikki guruhga bo‗lib o‗rganishimiz mumkin: tarixiy asarlar
va falsafiy-adabiy asarlar. Plutarx asarlari janr jixatidan ham xilma-xildir. Muhimi
shundaki, uning asarlari falsafiy fikrlarga boyligi bilan antik adabiyotda yaratilgan
58
ko‗pgina asarlardan ajralib turadi. Uning «Qo‗shaloq hayotnomalar»
asari greklar
va rimliklar tarixiga asoslangan bo‗lib, Plutarx nomini tanitadi. Bu asar
zamondoshlari va o‗tmishdoshlari tarjimai holini tasvirlashga qaratilgan bo‗lib,
to‗plamda u o‗zining haqiqiy badiiy mahoratini qahramonlariga xarakteristika
berish va obrazlar yaratish jarayonida namoyish etadi.
Plutarxning bu asariga prototip bo‗lgan qahramonlar ichida sarkardalar,
imperatorlar, davlat ishlari bilan band bo‗lgan boshqa kishilar,
shuningdek, oddiy
xalq vakillari, pok qalbli insonlar bor. O‗zi Rim imperatorligiga yaqin kishi
bo‗lgani, imperatorlikda mansabdor shaxs sifatida ishlaganligi tufayli, saltanatning
ichki sirlari bilan yaqindan tanish bo‗lgan Plutarx imperatorlar va sarkardalar
obrazini yaratishga alohida e‘tibor beradi. U o‗z qahramonlarining taqdirini o‗sha
davr taqdiri bilan bog‗laydi. Qahramonlarining
xarakteridan davrning muhim
xususiyatlarini axtarishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: