72
madaniyatning O‗rta Osiyo sharoitida benihoyat rivojlangan davri hisoblanadi. Bu
davr Rudakiy, Daqiqiy va Firdavsiy singari ulkan shoirlarni, Forobiy,
Beruniy va
Ibn Sinodek zabardast olimlarni yetishtirdi.
Feodal munosabatlarning rivojlanishi natijasida o‗zaro feodal kurash va
mahalliy feodallarning ayirmachilik harakati kuchayib ketdi. Bu hol X asr
oxirlariga kelib, feodal tarqoqlikni yanada kuchaytirdi, Hamadon, Isfaxon va
Rayda Buvaxiylar, Tabariston va Jurjonda Ziyoriylar mustaqillikka erishdilar.
Sirdaryoning o‗ng sohilidagi yerlar,
shuningdek, Chag‗oniyon va Xorazm ham
Somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar.
Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy parokandachilikdan Qoraxitoylilar
ustalik bilan foydalandilar. Ular 996 yili Zarafshonning Shimoliy tarafidagi barcha
yerlarni, 999 yili esa Buxoroni ishg‗ol etib, Somoniylar hukmronligiga zarba
berdilar.
Qoraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyan-
Shanning Janubiy qismida tashkil topgan feodal davlat asoschilari), yuqorida
aytilganidek, 996-999 yillarda Nasr ibn Ali
boshchiligida bostirib kirib, butun
Movaraunahrni bo‗ysindirdilar. To‗g‗ri, Somoniylarning ayrim vakillari, masalan
lashkarboshi Abu Ibrohim Ismoil 1001 yilgacha Qoraxoniylar bilan kurashdi, lekin
bu kurash natija bermadi.
Nasr ibn Alidan keyin Movaraunahrni Iligxon Ali Takin (1034 y. vafot
etgan) idora qildi. 1025 yili Qoshg‗ar xoni Qodirxon (Tomgochxon) bilan
Mahmud G‗aznaviy (998-1030 yy.) birgalikda Movaraunahr ustiga yurish
boshladilar,
lekin amalga oshmadi,1032 yilda Movaraunahrda o‗z hukmronligini
o‗rnatishga Xorazm hukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) ham urinib ko‗rdi, lekin
uning harakati ham natijasiz bo‗ldi. Tarixiy manbalar ( masalan, Abu Fazl
Bayxakiy) bergan ma‘lumotlarga qaraganda, Ali Takindan keyin taxminan 1040
yilga qadar uning o‗g‗illari hukmronlik qilgan. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu
Ishoq Ibrohim ibn Nasr hukm yuritgan. U Qoraxoniylar poytaxtini O‗zgandan
Samarqandga ko‗chirib keldi. U vafot etgandan keyin o‗g‗illari qonli kurash
boshlandi. Bu kurashda Shamsulmulk Nasr ismli o‗g‗li g‗olib chiqdi.
Qoraxoniylar bilan Saljuqiylar o‗rtasida Termiz va Balx uchun kurash
kuchaydi. Buning ustiga Timg‗ochxon Qodir Yusuf va uning o‗g‗illari unga qarshi
kurash boshladilar va Sirdaryoning shimoliy sohilidagi yerlarni hamda Farg‗onani
undan tortib oldilar. Saljuqiylardan Sulton Malikshoh I 1089 yilda Movaraunahrga
qo‗shin tortib, Buxoro va Samarqandni zabt etdi. Lekin
ular tez orada sulh tuzib,
Movaraunahrdan chiqib ketishga majbur bo‗ldilar. Lekin Sulton Sanjar (1118-1157
yy.) davrida 1130 yildan boshlab Qoraxoniylar Saljuqiylar davlatiga qaram bo‗lib
qoldilar.
73
Qoraxoniylar hukumati inqirozga yuz tutgan va Movaraunahr feodal
tarqoqlik iskanjasiga tushib qolgan bir davrda uning shimoliy-sharqiy va g‗arbiy
tarafida ikki yirik harbiy siyosiy kuch paydo bo‗ldi. Bulardan biri Qoraxitoylilar,
ikkinchisi yirik harbiy siyosiy kuch Xorazmda paydo bo‗ldi, Ilgari Saljuqiylarga
tobe bo‗lgan Xorazm 1127 y. mustaqillikka erishdi. XII asrning 30-yillari
boshlaridan Qoraxitoylarning Movaraunahrga talonchilik yurishlari boshlandi.
Ular Shosh va Farg‗ona bilan kifoyalanib qolmay, hatto Zarafshon hamda
Qashqadaryo vohalariga kirib bordilar. Qoraxitoylilar 1138 y. Samarqand xoni
Qoraxoniy Mahmudxonni (1132-1141 yy.) tom-mor keltirdilar va katta o‗lpon olib
Yettisuvga qaytib ketdilar. 1141 y. ular Samarqandga
yaqin Katavon degan joyda
Mahmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tor-mor keltirib,
Samarqand so‗ngra Buxoroni egalladilar. Lekin ular Yettisuvdan Movaraunahrga
ko‗chib o‗tmadilar, balki har yili o‗lpon olish bilan kifoyalandilar.
Xorazmning mustaqillikka erishuvi Otsiz (1127-1156 yy.) nomi bilan
bog‗liq. U qisqa vaqt ichida Sirdaryoning quyi oqimidagi Jand shahrini va
Mankqishloqni egalladi. El Arslon (1156-1172 yy.) va Sulton Takash (1172-1200
yy.) vaqtida Xorazmshohlar davlati kengaydi. Xorazmshohlar 1156-1192 yillar
orasida Hind daryosidan Iroqqacha bo‗lgan yerlarni bo‗ysindirishga muvaffaq
bo‗ldilar. Xorazmshoh Muhammad (1200-1220 yy.)
Xorazm davlatini yanada
kengaytirdi – 1206 va 1212 yillari Buxoro va Samarqandni bosib oldi.
Lekin qurol vositasi bilan qurilgan bu davlat markazlashgan va mustahkam
davlat emas edi. Bosib olingan mamalkatlar etnik jihatdan turlicha bo‗lib, ularning
iqtisodiy va madaniy taraqqiyot tepasida turgan shaxs tashabbussiz va shijoatsiz
odam edi. Shuning uchun bu davlat mug‗ullarning kuchli zarbasiga bardosh bera
olmadi.
Qoraxitoylilar, Qoraxoniylardan farqli o‗laroq, bosib olgan yerlarga ko‗chib
kelmadilar, faqat o‗lpon yig‗ib olish bilan kifoyalandilar, lekin mehnatkash
xalqning ahvoli og‗ir edi. Shuning uchun ham bu davrda chet el bosqinchilariga
qarshi xalq qo‗zg‗olonlari ham bo‗ldi. Qoraxitoylilar va ularning ittifoqchisi
Sadrlarga qarshi 1206 y. Buxoro va Xorazmshohlarga qarshi 1214 y. Samarqandda
bo‗lib o‗tgan Kosiblar qo‗zg‗oloni shular jumlasidandir.
X-XII asrlarda O‗rta
Osiyoda ilm-fan, adabiyot bur muncha rivoj topdi;
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv va Xiva kabi shaharlar kengaydi.
Dostları ilə paylaş: