116
2.
Davlatshoh Samarqandiy o‗z asarini yozishda qanday manbalardan
foydalanadi?
3.
«Tarixi arba‘ ulus» qanday qismlardan iborat?
4.
«Boburnoma» asarida Zahiriddin Muhammad Bobir nimalarni tasvirlaydi?
5.
Nima uchun biz «Shayboniynoma» asarini tarixiy manba sifatida
o‗rganamiz?
VIII-BOB: O„RTA OSIYONING XVII-XIX ASRLAR TARIXIGA OID
MANBALAR
Muhammad Yusuf Munshiy
. XVII asrda o‗tgan yirik tarixchi olim.
Asarida keltirgan ayrim faktlarga qaraganda, u asli Balxlik bo‗lgan va
Subhonqulixon (1651-1681 yillarda Balx, 1681-1702 yillarda Buxoro xoni) hamda
Muhammad Muqimxon (1697-1707 yy.) Balx xoni saroyida munshiy bo‗lib xizmat
qilgan.
Muhammad Yusuf Munshiy yuqorida zikr etilgan Muhammad Muqimxonga
bag‗ishlangan «Tarixi Muqimxoniy» asari bilan mashhur. Asar 1697-1704 yillar
orasida yozilgan bo‗lib, Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asr tarixini
bayon etgan.
«Tarixi Muqimxoniy» muqaddima va uch bobdan iborat. Muqaddimada
turkiy xalqlarning afsonaviy onasi Alankuvi: Chingizxonning ota-bobolari;
mo‗g‗ul qo‗shinlar tomonidan Movaraunahr, Balx va Badaxshonning bosib
olinishi tarixi bayon etilgan.
Asarning birinchi bobida Shayboniylar davrida Movaraunahrning umumiy
ahvolidan hikoya qilinadi. Asarning eng asosiy va muhim qismi uning II-III
boblaridir. Ikkinchi bobda Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi
ijtimoiy-siyosiy hayoti, shuningdek Buxoro va Balx xonliklarining Hindiston,
Eron, Turkiya va Qoshg‗ar bilan bo‗lgan siyosiy munosabatlari, uchinchi bobda
esa 1702-1704 yillar voqealari, xususan, Buxoro bilan Balx o‗rtasidagi boshlangan
qurolli kurash o‗rin olgan.
Asarda xonlar va feodallar zulmi, mehnatkash xalqning og‗ir mashaqqatli
ahvoli haqida ham qimmatli ma‘lumotlar uchraydi.
«Tarixi Muqimnoniy» asarining qo‗lyozma nusxalari ko‗pgina xorijiy
mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: