O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy holati
Turistik oqim
445
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el
fuqarolarining yoshi bo‘yicha taqsimlanishi
(2021- yil yanvar–dekabr, ming kishi)
2021- yilda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining yoshi
bo‘yicha taqsimlanish tahliliga ko‘ra, ularning asosiy qismi 31-55 yoshdagilar –
49,9 % ni (shundan erkaklar – 51,5 % ni, ayollar – 48,5 % ni) tashkil etgan, 56 va undan
katta yoshdagilar esa – 19,3 % ni (erkaklar – 39,6 % ni, ayollar – 60,4 % ni),
19-30 yoshdagilar – 16,6 % ni (erkaklar – 61,7 % ni, ayollar – 38,3 % ni),
0-18 yoshdagilar - 14,9 % ni (erkaklar – 51 % ni, ayollar – 49 % ni) tashkil etganlar.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining
yoshi, jinsi va safar maqsadlari bo‘yicha soni
(2021- yil yanvar–dekabr, ming kishi)
2021-
yilda
xizmat
safari
bilan
asosan
31-55 yoshdagi (jami kelganlar sonidan 68,9 % ni tashkil
etgan) va 19-30 yoshdagi (16,6 %) chet el fuqarolari
ketishgan.
O‘qish maqsadida asosan 19-30 yoshdagi yoshlar kelgan bo‘lib, bu jami
kelganlarning 55,4 % ini, shuningdek, 31-55 yoshliklar – 30,3 % ni tashkil etganlar.
Bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish va dam olish maqsadida asosan 31-55 yoshdagilar
(kelganlarning umumiy sonidan 57,2 % ni tashkil etgan) va 19-30 yoshdagilar
(20 %) kelgan.
Qarindoshlarni yo‘qlash uchun asosan 31-55 yoshdagi (jami sayohatlar sonidan
48,5 % ni tashkil etgan) hamda 56 va undan katta yoshdagilar (20,2 %) tashkil etgan.
|