О‘zbekiston r espublikasi


Kichik ko‘rinishdagi stol-stul mebel to‘plamini yasash



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Kichik ko‘rinishdagi stol-stul mebel to‘plamini yasash
Kishining ruhiy holati o‘zi bajarayotgan ishida, yumushida o‘z aksini 
topmasdan qolmaydi. Kishi ruhiyatini ko‘tarishda esa xonaning jihozlanishi
qulayligi, ozoda va orastaligi ham muhim ahamiyatga ega. Xonani bezatib 
turadigan buyumlardan biri mebellar hisoblanadi. Mebellar asosan yog‘och 
materiallardan tayyorlanadi. 
Yog‘ochdan turli xil ko‘rinishlardagi buyumlarni tayyorlash mumkin. 
Yog‘och ishlanishi oson va tabiiy xomashyo bo‘lganligi uchun undan turmushda 


21
juda ko‘p foydalaniladi. Bugungi kunda yog‘ochdan mebellar tayyorlashda 
zamonaviy xomashyo materiallaridan foydalaniladi. Mebellarning turlari 
turlicha bo‘lib, uyqu va dam olish uchun mo‘ljallangan mebellar, kiyim-
kechaklarni saqlash uchun, oyoq kiyimlar va televizor, radio va boshqa texnik 
vositalarni saqlash uchun mo‘ljallangan mebellarni misol qilish mumkin. 
Mebellar xonadonlarda ixcham va chiroyli qilib joylashtirilishi lozim. 
Texnik vositalar uchun mo‘ljallangan mebellarning tashqi ko‘rinishi yorqin 
ranglarda hamda ochiq joylari ko‘proq bo‘lishi kerak. Ochiq qoldirilgan 
joylar qo‘yiladigan texnik vositaning o‘lchamiga qarab moslanadi. Kiyimlar 
uchun mo‘ljallangan mebellarda kiyim-kechaklarni tartibli joylashtirish uchun 
maxsus javonlar bo‘ladi. Javonlarning yopiq holatda bo‘lishi maqsadga 
muvofiq. Mebellar yasashda yog‘ochning turini ham to‘g‘ri tanlash lozim. 
Tabiiy qattiqligi yuqori bo‘lgan yog‘ochlardan sifatli mebel tayyorlanadi. 
Stulni yasashda qattiq yog‘ochlardan foydalaniladi. Chunki stul og‘ir vazndagi 
odamlarni ko‘tarib turishi lozim. Pishiqligi yuqori bo‘lgan yog‘ochlar bunga 
bardosh bera oladi. Stulga nisbatan stolga og‘irlik kamroq tushadi. Shuning 
uchun stol yasashda o‘rtacha qattiqlikdagi yog‘ochlardan foydalaniladi. 

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin