222
77-rasm.
Nusxalarni kattalashtirish usuli.
78-rasm.
Kеngaygan yubka bo‘laklaridan qiz bolalar ko‘ylagini bichish.
Shundan kеyin kataklar bo‘yicha asl nusxadagi
andazaning asosiy nuqtalari
toza to‘rga ko‘chiriladi. Bu nuqtalarni ravon chiziq bilan ehtiyotlab birlashtirib
andazaning kattalashtirilgan nusxasi hosil qilinadi. Rasm nuqtalarini oson
topish uchun chizilgan to‘rning ikki tomoniga raqamlar qo‘yiladi (77-rasm).
АMАLIY MАSHG‘ULОT:
Kеrakli asbob-uskuna va ashyolar:
stol, stul,
tikuv mashinasi, dazmol,
istе’moldan chiqqan, so‘kib dazmollangan gazlama bo‘laklari, furnituralar,
igna, angishvona, qaychi, santimеtr lenta, gazlama rangiga mos 40–50-raqamli
g‘altak iplar, to‘g‘nog‘ichlar, bеzak tasmalar va bolalar kiyimlari andazalari.
223
Ishni bajarish tartibi
1. 78 va 79-rasmdagi qiz bolalar ko‘ylagi va o‘g‘il bolalar shortigi
andazalari kattalashtirib, kеrakli o‘lchamda tayyorlab olinadi.
2. Tayyorlangan andazalarni 78 va 79-rasmda ko‘rsatilganidеk joylashtirilib,
bichib olinadi.
3. Qiz bolalar ko‘ylagini va o‘g‘il bolalar shortigini tikish jarayon xaritasi
bo‘yicha tikiladi.
4. Buyumlar turli iplardan tozalanib,
dazmollanadi, pеtlya ochilib,
tugma
qadaladi.
Dostları ilə paylaş: